Italiyada koronavirus sababli Evro-2020 musobaqasini boshqa muddatga ko'chirish taklif qilindi
06 mar 2020 07:55
Yangiliklar


Italiyada koronavirus sababli Evro-2020 musobaqasini boshqa muddatga ko'chirish taklif qilindi
Bu taklifni Italiya professional futbolchilar associaciyasi rahbari Damiano Tommazi bildirdi.
“UEFA Evro-2020 ni ko'chirish taklifini ko'rib chiqishi shart. Bu faqat bizdagi muammo emas. Har bir futbolchi maydonga katta tavakkal ostida chiqadi. Agar kimdir zararlansa, u holda maydondagi hammaga yuqadi. UEFA chempionatlarni yakunlashga imkoniyat berishi kerak”, — deydi Tommazi.
Eslatib o'tamiz, Italiya chempionati bahslari aprelga qadar muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar