Fabio Kannavaro: "Bizda buni o'nglash uchun yana 8 oy vaqt bor"
13 okt 21:21
Yangiliklar


Fabio Kannavaro: "Bizda buni o'nglash uchun yana 8 oy vaqt bor"
Afsuski bu o'yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab qatnasha olmadi. Menda bor futbolchilarni ko'rib olish, ular bilan vaqt o'tkazish men uchun juda muhim edi. Yigitlarning harakatlaridan mamnunman, ular bugun borin berib o'ynashdi. 2 kun avval Malayziyaga keldik va bugun maydondamiz. Bu vaqt ichida dam olishning deyarli iloji yo'q.
- Urugvaydek jamoaga gol urish futbolchilarga qo'shimcha ishtiyoq bersa kerak...
- Albatta, bunday bahslarda raqib darvozasini ishg'ol qilish juda muhim. Avvalroq gol urishimiz ham mumkin edi, yaxshi vaziyatga ega bo'ldik. To'psiz o'yinda ijobiy harakat qildik. Urugvayni qiyin vaziyatga solib qo'yish oson emas, ularning ko'pchiligi Braziliya chempionatida to'p tepishadi. Qo'l ostimda juda yaxshi jamoa bor, uni yanada kuchaytirishning iloji bor.
- Hamkasbingiz Marselo Belsa siz haqingizda yaxshi fikrlar bildirdi...
- Belsadek mutaxassisdan ijobiy fikrlash eshitishdan xursandman. U futbol mentalitetini o'zgartira olgan murabbiylardan biri hisoblanadi. Marselo Belsadan ko'p narsalarni o'rganishim kerak.
- O'zbekiston terma jamoasi jismoniy jihatdan Urugvaydan ancha orqada ekan...
- Ha, fikringizga qo'shilaman. Bizda buni o'nglash uchun yana 8 oy vaqt bor. Bu faqat mashg'ulotga emas, ko'p narsalarga bog'liq. Ovqatlanish, mashg'ulot, o'z vaqtida uxlash... Mundialga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'rish kerak. Jahon chempionati qiyin bo'lishi aniq.
- Murabbiyning keyingi rejalari qanday, u O'zbekistonga qaytadimi? Noyabrdagi FIFA kunlaridagi raqiblarimiz kimlar bo'ladi?
- Eshitishimcha, associaciya noyabr oyida ikkita bahsga kelishib olgan. Ushbu bahslar Dubayda o'tkaziladi. Men O'zbekistonda qolib, milliy chempionat bahslarini kuzataman, murabbiylar bilan tanishaman.
- Kuchli terma jamoalar gollarni katta bosim ostidagi hujumlardan so'ng uradi, bugun huddi shunday bo'ldi. Ikkala gol ham jiddiy bosimdan so'ng ro'y berdi. Mundialda bizga qarshi o'ynaydigan kuchli huddi shu yo'ldan yurishadi.
- Birinichi gol ofsayddan urildi. Ikkinchisida raqibga ko'p hududni topshirib qo'ydik. O'z jarima maydonchamiz ichida bir-birimizga yaqin o'ynashimiz kerak. Etibor va koncentraciya juda muhim. Tanaffusda ham yigitlarga birinchi o'n besh daqiqalik muhimligini aytib o'tdim. Diqqatimizni bir joyga to'play olmasak, nima bo'lishi mumkinligini bugun ko'rdik.
- Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar haqida qanday fikrdasiz?
- Yigitlar maydonga yaxshi "nastroy"da tushishdi. Ikkinchi bo'limda maydondagi futbolchilarning kayfiyati biroz tushkun ekanligini ko'rib, ularni ruhlantirishga urindim. Bahs oxirida yaxshi harakat qildik, gol urishga muvaffaq bo'ldik. Men kelganimdan buyon har bir futbolchi borini berib o'ynayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Энг муҳими, Ўзбекистонга фақат пул учун келмаганини, фикрларидан ўқиш қийинмас.
Термамизга омад.