"Barselona" Evropa chempionining transferi ustida ishlashni boshladi
31 iyu 2024 17:41
Yangiliklar
"Barselona" Evropa chempionining transferi ustida ishlashni boshladi
"Barselona" jamoasi Evro-2024 g'olibi Mikel Merinoga bo'lgan qiziqishni saqlab turibdi.
"As" nashrining malumotiga ko'ra, kataloniyaliklar "Real Sosedad" yarim himoyachisining transferi ustida ishlashni boshladi. "Barsa" 20 mln evrolik birinchi taklifni jo'natish masalasini ko'rib chiqmoqda.
Klublar transfer borasida kelisha olishsa, futbolchining o'zi kataloniyaliklar safiga o'tishga tayyor. Lekin, ushbu kelishuv Dani Olmo transferi hal bo'lmaguncha rasmiylashtirilmaydi. CHunki, "Barselona" uchun birlamchi vazifa Olmo bilan tezroq kelishuvga erishish.
Oldinroq, Merino "Arsenal"ga o'tishga rozi bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar