Igor Sergeev: "Bunday jamoalar hech qachon 90 daqiqa to'liq borini berib o'ynamaydi"
14 okt 00:07
Yangiliklar


Igor Sergeev: "Bunday jamoalar hech qachon 90 daqiqa to'liq borini berib o'ynamaydi"
"Ob-havo biroz issiq va namlik yuqori edi. Birinchi bo'lim ancha asabiy o'tdi. Yigitlar maydonda hansirab qolishdi. Havo dim edi. Gollar o'tkazib yubordik va shundan so'ng oldinga o'tishimiz kerak edi. Qaysidir vaziyatlarda yaxshiroq o'ynashimiz va ko'proq narsa olishimiz mumkin edi. Urugvay qanday jamoa ekanligini ko'rib oldik. Yaxshi tajriba bo'ldi.
Biz bugun maksimal kuchimizni namoyish eta olmadik. Yigitlarga ham aytgan edim, bunday jamoalar hech qachon 90 daqiqa to'liq borini berib o'ynamaydi. Ular tempni tushirib, raqib imkoniyat berishini kutadi va "bum" gol urishadi. Men o'ynagan raqiblar har doim shunday. Yoshlar terma jamoasi safida grand jamoalarga qarshi ko'p o'ynaganman va har doim shunday scenariy ro'y bergan. Shoshmay o'ynashadi va yarim imkoniyatni kutishadi. Katta jamoalarning farqi ham shunda. Ular shunday yarim vaziyatdan ham foydalanib ketadi. Bu tajribadan dalolat. Qaerdadir ertaroq fol qilish va hujumni to'xtatib qolish mumkin edi, shunday mayda detallar barchasini o'zgartirdi. Katta jamoalar shunday vaziyatlarni his qiladi. Urugvayda tezlik va jismoniy kuch bor ekan. Oldinda yana shunday kuchli raqiblarga qarshi o'ynaymiz degan umiddaman. Jahon chempionatiga qadar bunday holatlarni takrormaslikni o'rganamiz", - dedi Igor Sergeev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar