"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi "Reynjers" bilan muzokaralar o'tkazmoqda
13 okt 2025 19:52
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi "Reynjers" bilan muzokaralar o'tkazmoqda
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi va murabbiyi Maykl Kerrik Shotlandiyaning "Reynjers" jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi ko'rib chiqilmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, angliyalik mutaxassis Shotlandiya jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishga davogarlardan biri. Kerrik hozircha klubsiz. Uning so'nggi ish joyi "Midlsbro" bo'lib, u bu klubni 2024/2025 yilgi mavsum yakunida tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda Stiven Jerrard "Reynjers" bosh murabbiyligiga qaytishi qaytishi haqida xabarlar tarqalgan, biroq "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Shotlandiya klubi taklifini qabul qilmagandi. "Reynjers" hozirda milliy chempionat jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
00:35
APL. "Manchester Siti" o'z uyida "Brayton"ni mehmon qilmoqda, Husanov asosiyda (onlayn hisob) 10
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar