Otabek Shukurov: "Shunday o'yinlar orqali Jahon chempionatini his qilib olamiz"
13 okt 23:36
Yangiliklar
Otabek Shukurov: "Shunday o'yinlar orqali Jahon chempionatini his qilib olamiz"
"Urugvay jahon futbolida o'z o'rniga ega jamoa. Bunday o'yinlar terma jamoa uchun juda muhim. Sababi mundialda shunday katta jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Har bir yig'inda mana shunday darajadagi jamoalarga qarshi o'ynashimizni istardim. Shunday o'yinlar orqali Jahon chempionatini his qilib olamiz. Bugungi o'yin biroz qiyin bo'ldi, ammo qanday holatda ekanligimizni bilib oldik.
Asosiy tarkibimizning 7 nafar futbolchisi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Urugvayda ham shunday holat. O'zim ham tiklanish jarayonining so'nggi bosqichidaman. Urugvayning "uchinchi" tarkibi ham yaxshi jamoa bo'lsa kerak.
Lotin Amerikasi jamoalari jismoniy jihatdan ancha kuchli. Biz Osiyo jamoasimiz va biz Evropa, Afrika va Lotin Amerikasi jamoalariga qarshi ko'proq o'ynab, jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz mumkin", - dedi Otabek Shukurov bahs yakunlangach.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar