Otabek Shukurov: "Yangi Zelandiya yaxshi jamoa"

Narzulla Saydullayev
1 fev 2022
Xabaringiz bor, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Shukurov ertaga bo'lib o'tadigan Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin fikrlarini bildirdi.

"Terma jamoada kayfiyat a'lo darajada. Legionerlar qo'shilishidan oldin ham mashg'ulotlar olib borilgan edi. Mazkur yig'indagi asosiy o'yinda maydonga tushamiz. Yangi Zelandiya ham yaxshi jamoa. O'rtoqlik uchrashuvi rasmiy bahslarga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Osiyo kubogi va keyingi Jahon chempionatigacha vaqt bor. Shu bois yoshlarni hozirdan shakllantirib borish kerak, deb o'ylayman",- deydi Otabek Shukurov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia