So’nggi yangiliklar

18:19Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  109 18:13"Ювентус" — "Комо". Таркиблар маълум  0 17:31Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон U-17 Россияга қарши ўйин ўтказди  3 17:02"Аланяспор" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  12 16:40ОКМК бош директори: “Клуб Аҳмадалиев учун 100 минг евро тўлагани ҳақиқатга тўғри келмайди”  2 16:02"Манчестер Юнайтед" "Милан" юлдузи учун катта сумма тайёрлади  3 15:35"Насаф" кучсизланди, "Навбаҳор" эса – "яширин фаворит". Суперлигадаги қишки трансферлар ойнаси якунлари (1-қисм)  13 15:10Ўртоқлик ўйини. “Арал” ва “Металлург” ўртасидаги баҳсда 6 та гол урилди  0 14:44"Лос-Анжелес Гэлакси" Филиппе Коутиньо билан шартнома имзоламоқчи  3 14:05"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр  4 13:29"Андижон"нинг таништирув маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  18 12:55"Манчестер Юнайтед" ёзда "Челси"дан Николас Жексонни сотиб олиши мумкин  5 12:22Каземиро Месси жамоасига ўтиши мумкин  3 11:52"Реал" Шлоттербекка қизиқмоқда  3 11:25"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи  5

Eldor Shomurodov: "Umuman olganda yomon o'ynamadik" Yangiliklar

Eldor Shomurodov: "Umuman olganda yomon o'ynamadik"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kutilganidek og'ir o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 15-20 daqiqasida etiborni biroz yo'qotdik va raqib bizni jazoladi. Umuman olganda yomon o'ynamadik. Kamchiliklar bor, ular ustida ishlashimiz kerak. Yangi murabbiy bilan hali ko'p jihatlar ustida ishlaymiz", - dedi Eldor Shomurodov bahs yakunlangach.


- Bugun jismoniy jihatdan biroz oqsadik. Texnik yoki boshqa jihat bo'yicha emas, aynan jismoniy holatimiz bo'yicha fikr bildirsangiz...

- Birinchi navbatda tarkib biroz o'zgardi. Shuni ham hisobga olish kerak. Bahona deb tuyulishi mumkin, ammo ikki kun oldin uchib keldik. O'tgan uchrashuvdan keyin to'liq tiklanmadik va to'liq mashg'ulot o'tkazmagan edik. Faqatgina kecha to'liq mashg'ulot o'tkazdik.


- Kannavaro kelganidan so'ng o'yin sxemasi keskin o'zgarmadi. G'aniev bugun o'ng qanotda o'ynadi. U o'ziga xos bo'lmagan poziciyada o'ynagani biroz noqulaylik tug'dirgandek...

- Aziz uchun qulay poziciya bo'lmadi, lekin Aziz ham yomon o'ynagani yo'q. Murabbiy shunday tanlov qildi. Raqib haqiqiy kuchini ko'rsatdi yoki maydonda bor kuchimizni ko'rsata oldik deya olmayman. Maydon holati ham alo darajada emas edi. Bunday maydonda har bir jamoaning kuchlari tenglashib ketadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика