So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

Jizzaxda tug'ilgan Evro-2004 g'olibi yoxud gagarinlik futbolchi haqida Yangiliklar

Jizzaxda tug'ilgan Evro-2004 g'olibi yoxud gagarinlik futbolchi haqida

Mirzacho'l tumanida tug'ilgan Evro-2004 g'olibi haqida bilarmidingiz?

Bugun "Xalqaro kosmonavtika kuni", sababi 1961 yil 12 aprel sanasida sayyoramizning birinchi kosmonavti, afsonaviy harbiy uchuvchi Yuriy Alekseevich Gagarin ilk bora "Vostok" nomli fazoviy kemada Qozog'iston hududida joylashgan "Boyqo'ng'ir" kosmodromidan 108 daqiqa davom etgan er shari atrofidagi orbital parvozini amalga oshirgan. Ushbu voqeiylik bilan insoniyat civilizaciyasi tarixidagi eng muhim voqealardan biriga aylangan.

Shu sabab 12 aprel kuni "Xalqaro kosmonavtika kuni" nishonlanadi va Yuriy Gagarin nomiga ko'plab ko'chalar va shaharlar nomlangan, bizning yurtimiz ham bundan istisno emas. Biz bugun koinotdagi birinchi inson sharafiga nomlangan, Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanidagi Gagarin shahrida tug'ilgan futbolchi va faoliyati davomida Evropa chempioni bo'lishga muvofiq bo'lgan va Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida to'p tepgan futbolchi Dimitrios Papadopulos bilan tanishamiz.


Bolaligi va futbolga kirib kelishi

Yunon millatiga mansub bo'lgan Dimitros - 1981 yilning 20chi oktyabr sanasida yunonistonlik muhojirlar oilasida tug'ilgan. Dimitriosning ajdodlari Yunonistondagi fuqarolik urushi tufayli Jizzax viloyatiga ko'chib kelishadi. Papadopulos bolalik davrini Qozog'iston bilan chegaradosh bo'lgan Gagarinda o'tkazgan. Dimitrios futboldagi birinchi qadamlarini O'zbekistonda aynan Jizzaxda tashlagan, qahramonimiz maktab jamoasida to'p tepishni boshlagan va futboldagi birinchi saboqlarini Gagarinda olgan. 1989 yilda Dimitrios 7 yoshga to'lganda oilasi bilan Yunonistonga ko'chib ketishgan.



Futbolchilik faoliyati

Dimitrios asli vataniga qaytganidan so'ng mahalliy "Akratitos" klubi akademiyasida tarbiyalangan va shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropa chempioni 1999 yili "Akratitos" klubining asosiy tarkibida debyut qiladi va 2001 yilga qadar ushbu klubda faoliyat yuritadi. Ikki mavsum davomida 57ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishga muvofaq bo'ladi. 2001 yilda esa Dimitrios Angliyaning "Byornli" klubiga transfer qilindi. Papadopulos ikki yil davomida Angliyada to'p suradi va 35ta uchrashuvda 6ta gol uradi. Angliyada "ketmoni uchmagan" qahramonimiz 2003 yil Greciyaga qaytadi va "Panatinaikos" safiga borib qo'shiladi. Yunon futboli "grand"i safida faoliyatidagi "oltin davr"ini o'tkazadi. 2003-2008 yillar davomida "Panatinaikos" libosida 125ta uchrashuvda maydonga tushib, 52ta gol urishga muvofiq bo'ladi. 2008 yilda esa futbolchi bir mavsum Italiya klubi "Lechche"da to'p surdi va "Dinamo Zagreb" sharafini ham himoya qilishga ulgurdi. Italiyada omadsizlikka uchragan Jizzax farzandi 2010-2012 yillar oralig'ida Ispaniya chempionati ishtirokchisi "Selta" safiga ko'chib o'tadi, ammo "Selta"da asosan zaxirada qolib ketadi. 2012 yili Greciyaga qaytgan Papadopulos keyingi besh mavsum davomida Greciyaning: "Paok", "Pantrakikos", "Atromitos", "Asteras" klublarida ko'rinish berdi va 2017 yili faoliyatini "Panetolikos" klubida yakunladi.



Terma jamoadagi faoliyati

Dimitrios Papadopulos faoliyati davomida Greciya terma jamoasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Dimitrios 2004 yilda Portugaliyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Greciya tarkibidan joy olgan va musobaqa davomida 2ta uchrashuvda ishtirok etgan. Rossiyagya qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan va golli uzatmani amalga oshirgan. Final bahsida esa 81-daqiqada Sizis Vrizas o'rniga maydonga tushgan.

Shuningdek, Dimitrios Papadopulosning otasi "Paxtakor" tarihidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Vasilis Xadzipanagisning muxlisi bo'lgan. Futbolchi hozirgi kunda Greciya futbol federaciyasida texnik direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
12 apr 20:13:12
Mamadiyorov Mahmud
LRI fan foydalanuvchining fikriga javob berish
Vikipidiyadan uqigandim cccp vaqtida qozoqlar tarkibida bulgan ekan sirdaryoga keladigan bulsak eng yangi viloyatlardan erjan deb uzingiz aytib turibsizku
Мирзачўл тумани 1967 йилда ташкил топган ва Ўзбекистон таркибида бўлган маркази Гагарин ш.
   
12 apr 20:28:41
LRI fan
Mamadiyorov Mahmud foydalanuvchining fikriga javob berish
Мирзачўл тумани 1967 йилда ташкил топган ва Ўзбекистон таркибида бўлган маркази Гагарин ш.
Gagarin deb adashmasam 74 yoki 77 yildan aytila boshlangan
   
12 apr 19:38:28
LRI fan
Mamadiyorov Mahmud foydalanuvchining fikriga javob berish
Мирзачўл тумани маркази Гагарин (Ержар эски номи) аввал Сирдарё вилояти таркибида, Жиззах вилояти ташкил топгач ушбу вилоят таркибида эди ўша сиз айтган ссср вақтида ҳам.
Vikipidiyadan uqigandim cccp vaqtida qozoqlar tarkibida bulgan ekan sirdaryoga keladigan bulsak eng yangi viloyatlardan erjan deb uzingiz aytib turibsizku
   
12 apr 19:24:30
Mamadiyorov Mahmud
LRI fan foydalanuvchining fikriga javob berish
Aslida bu futbolchiga rostdan gagarinda tug'ulgani rost lekin usha paytda yani sssr paytida gagarin qozog'iston xudidga kirgan mustaqillika erishgandan sung gagarin uzbekiston xudidga kirgan demak bu xudud qozoqlarniki bulayaptiku
Мирзачўл тумани маркази Гагарин (Ержар эски номи) аввал Сирдарё вилояти таркибида, Жиззах вилояти ташкил топгач ушбу вилоят таркибида эди ўша сиз айтган ссср вақтида ҳам.
   
12 apr 18:54:02
LRI fan
Aslida bu futbolchiga rostdan gagarinda tug'ulgani rost lekin usha paytda yani sssr paytida gagarin qozog'iston xudidga kirgan mustaqillika erishgandan sung gagarin uzbekiston xudidga kirgan demak bu xudud qozoqlarniki bulayaptiku
   
12 apr 16:02:25
Mamadiyorov Mahmud
Кимга қизиқ ўша грек, Ўзбекистонга фойдаси бўлмаса, туғилса туғилгандир гагаринда. Хадзипанакисни мақтаса бўлади ўзбек футболига қўшган катта ҳиссаси учун.
   
12 apr 15:58:24
Санжар
Ха эсимда 1 синфда футбол уйнагандик)))
   
12 apr 15:58:23
Санжар
Ха эсимда 1 синфда футбол уйнагандик)))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика