Italiya termasi sobiq ustozi: “Atalanta” Skudettoga asosiy davogarlardan biri”
13 okt 2020 20:45
Yangiliklar


Italiya termasi sobiq ustozi: “Atalanta” Skudettoga asosiy davogarlardan biri”
CHezare Prandelli joriy mavsum A Seriya chempionligi uchun “Yuventus” bilan raqobatlasha oladigan jamoalar haqida gapirdi.
“Atalanta” bu mavsum Italiya chempioni bo'lishi mumkinmi? O'ylashimcha, ularda etarlicha imkoniyatlar bor.
“Atalanta”da yaxshi tarkib yig'ilgan, ular nima istashlarini yaxshi bilishadi. Ular jismonan va taktik jihatdan kuchli. Bundan tashqari, jamoada ajoyib muhit hukmron.
SHuningdek, “Inter” ham titul uchun kurashadi deb o'ylayman. Ular yaxshi transferlarni amalga oshirishdi va chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi”, deydi Italiya terma jamoasi sobiq ustozi.
Eslatib o'tamiz, ortda qolgan uch turdan keyin A Seriyada “Atalanta” 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar