Italiya mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi
06 sen 2021 07:52
Yangiliklar


Italiya mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi
Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida SHveycariya terma jamoasi bilan durang (0:0) o'ynadi.
Roberto Manchini shogirdlari bu orqali mag'lubiyatsiz seriyani 36 ta o'yingacha etkazib olishdi va jahon rekordini yangilashdi.
Bungacha jahon rekordi Braziliya va Ispaniya terma jamoalariga tegishli edi. Braziliya va Ispaniya terma jamoalari avval 35 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriya qayd etishgan. Endi esa bunday seriya Italiya terma jamoasiga tegishli.
Italiyaliklar oxirgi marotaba 2018 yilning sentyabr oyida Portugaliya terma jamoasiga yutqazib qo'yishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar