"Lans" Saudiya terma jamoasi futbolchisini transfer qildi

5 iyun 2026, 09:25
"Lans" Saud Abdulhamidning to'liq transferini rasmiylashtirdi.

Fransiya klubi 26 yoshli himoyachini ijaradan so'ng "Roma"dan sotib olganini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha shartnoma imzoladilar.

L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, kelishuv summasi 3,5 million evroni tashkil etgan.

Liga 1 ning yakunlangan mavsumida Abdulhamid 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

gettyimages-2277186527-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe