Islandiya futboli: mashg'ulotlar, murabbiylar va boshqa qiziqarli faktlar

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2016, 16:21
Evro-2016 o'yinlarida sensacion tarzda chorak finalgacha yetib kelgan Islandiya futboli yaqin yaqin vaqtlar ichida qanday ko'rinishda bo'lgandi?


Mamlakat futboliga oid qiziqarli ma'lumotlar va faktlar bilan tanishing.


Islandiya Premer Ligasi 2006 yilda: 10 ta jamoa

Ro'yhatdan o'tgan futbolchilar soni: 22100 (aholining 7,4 foizi)

Klublar soni: 60

Jamoalar soni: 816

Murabbiylar soni: 327

Futbol bilan shug'ullanuvchilar: 67 400 (24,3 foiz)


- O'sha davrdan beri 7 nafar islandiyalik futbolchi APL klublarida o'ynagan

- Shuningdek, "Barselona"da, Gollandiya, Belgiya va Germaniya chempionatlarida o'ynagan futbolchilari bo'lgan.

- Shvetsiyada 2005 yilda eng yaxshi to'purar ham islandiyadan bo'lgan

- 90 nafarga yaqin legioner futbolchi

Islandiyalik futbolchilarga beriladigan xarakteristika: og'ir mehnatni sevadigan, murabbiyga quloq soladigan, tez ko'nikadigan, chet tillarini biladigan, yetakchilik hususiyatiga ega -  shuning uchun o'z klublarida sardor sifatida maydonga tushadilar.

- "Lokkeren", "Chelsi", "Shtutgart", "Bolton", "Charlton", "Reding", "Gerta", "Keln" va "Stok Siti" kabi jamoalarda islandiyalik futbolchilar sardor sifatida harakat qilganlar.


Islandiya futboli yulduzlaridan biri Eydur Gudyonsen "Chelsi" sardori sifatida


Mashg'ulotlar olib borilishi:

6-10 yoshlilarda - haftasiga 2-3 marotaba

10-14 yoshlilarda - haftasiga 3-4 marotaba

14-18 yoshlilarda haftasiga 4-6 marotaba

Kattalar - haftasiga 5-8 marotaba

Islandiya futbol federatsiyasi vakilining nutqlaridan biri: "Yaxshi futbolchi chiqarish uchun yaxshi murabbiy kerak. Yaxshi murabbiy chiqarish uchun esa yaxshi murabbiylik ko'nikmalari bo'lishi lozim"


Mamlakat futbol chempionatlari o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri


2004 yilda Islandiyada murabbiylar: 327 futbol murabbiyi 90 ta klubda 800 ga yaqin jamoani boshqarganlar. Eng yosh murabbiy 16 yosh. Eng kattasi 54 yosh. Islandiyalik murabbiylarning o'rtasa yoshi - 32 yosh.

2000 yildan keyingi infratuzilma: 6 ta yopiq manejlar, 17 ta sun'iy maydon, 111 ta kichik sun'iy maydonlar.



Islandiya futboli nimaning evaziga mana shunday muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritmoqda? Siz nima deb o'ylaysiz?


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Интернет маълумотлари