So’nggi yangiliklar

07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  19 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  6 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  13 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4

Intervyu. Javohir Qahramonov: "Bunyodkor"dan "So'g'diyona"ga nima sababdan o'tganim sir bo'lib qolsin" Yangiliklar

Intervyu. Javohir Qahramonov: "Bunyodkor"dan "So'g'diyona"ga nima sababdan o'tganim sir bo'lib qolsin"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yarim himoyachisi Javohir Qahramonov karantin vaqtida intervyu berdi.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida. Nechi yoshda boshlagansiz? Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Yoshligimdan futbolga qiziqishim yuqori bo'lgan. Futbolga kirib kelishimda dadamning hissalari katta. CHunki, dadam ham futbolga juda qiziqar edilar va meni 2009 yili Ichki ishlar tasarrufidagi «Dinamo-hamkor» jamoasiga olib bordi va u erda Axmed Eshqurbonov va marhum Ravshan Do'rmonov qo'l ostida shug'ullanishni boshladim. Ushbu jamoa bilan 2009 yili Qashqadaryo viloyatiga futbol musobaqasiga bordik. O'sha musobaqaga Sergey Lushchan ham kelgan ekan. Musobaqadan so'ng, men va Elbek Ravshanovni «Bunyodkor» akademiyasiga olib ketgan. SHu tariqa futbolga kirib kelganman.

- Bir necha yillardan beri «Surxon» jamoasi muhlislari sizni «Surxon» jamoasida ko'rishni xohlashadi. Aytingchi, «Surxon» jamoasidan sizga hech taklif bo'ldimi?

- «Surxon» jamoasi 2018 yili menga taklif bilan chiqqan.

- Aynan kim sizni «Surxon» jamoasiga taklif qilgan? Dilshod Nuralievmi?

- Yo'q, Dilshod Nuraliev meni taklif qilmagan.


- Muxlislarimiz uchun bu qiziq. Agar sir bo'lmasa kim taklif qilgan?

- 2018 yili menga qo'ng'iroq bo'ldi. «Surxon» jamoasi o'z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilganini, mening ham yordam berishimni so'rashdi. Menga aytishlaricha jamoaga «O'zbekgidroenergo» bosh direktori Abdug'ani Sanginov taklif qilgan. Taklifni o'ylab ko'rdim. Birinchidan, «Bunyodkor» jamoasi bilan shartnomam bor edi. Ikkinchidan, Superligadan Pro-ligaga o'tishni to'g'ri qaror deb bilmadim. Vaziyatni to'g'ri tushuntirdim.

- Bu yili «Surxon» jamoasi sizga taklif bilan chiqdimi?

- Taklif qilishdi lekin 100 foizli emas. Boshida bir qiziqish bildirishdi. Keyinchalik, ish oxirigacha bormadi. Bunga nima sabab bo'lganini bilmayman.

- Nega bu yili «Bunyodkor» jamoasini tark etib, «So'g'diyona» jamoasi safiga borib qo'shildingiz? «Bunyodkor» bilan biror kelishmovchilik bo'ldimi?

- Iltimos, shu sir bo'lib qolsin.

- Nega?

- Boshqa savol bering (kuladi)

- «Surxon» jamoasi o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- Agarda mashg'ulotlarimiz yoki o'yinimizga to'g'ri kelib qolmasa albatta kuzatib boraman.

- Karantin vaqtida uyda mashg'ulotlarni olib borayapsizmi?

- Karantin vaqtida uyda imkon qadar mashg'ulotlarni olib borayapman. Karantinga qatiy rioya qilayapman. SHu fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizdan ham karantin qoidalariga qatiy rioya qilishlarini va ko'chaga chiqmasliklarini iltimos qilardim.

- Surxondaryolik bir qator futbolchilar bugungi kunda Superliganing turli jamoalarida to'p tepmoqda. Aytingchi, ularning ko'pchiligi nega «Surxon» jamoasiga kelishni xohlamayotgandek?
- Unday deb o'ylamagan bo'lardim. Nega deganda, hamma futbolchining ham ixtiyori o'z qo'lida bo'lmaydi. Sababi, har bir futbolchining o'zi o'ynayotgan klubi bilan uzoq yillik shartnomasi bo'ladi. Bazida futbolchi ketishni xohlasa ham murabbiylar ruxsat bermasligi mumkin.

- Qaysi futbolchining o'yinlari sizga yoqadi?

- Men ko'proq "Manchester Siti" o'yinlarini kuzatib boraman. Qisqa va uzun to'p uzatishlar, tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tishlari yoqadi. Rahim Sterlingning o'yinlarini qiziqish bilan kuzataman.


- «So'g'diyona» jamoasi bu yili o'z oldiga qanday vazifa qo'ygan?

- O'z oldiga kuchli 3 likga kirishni maqsad qilgan. To'g'ri, bunga erishish oson bo'lmaydi. O'zingiz ko'rib turibsiz, Superligadagi har bir jamoa o'ziga yarasha kuchli. Ilk turda «Mashal»ga yirik hisobda mag'lub bo'lganimiz, maqsadga erishishimiz oson bo'lmasligini ko'rsatadi. Lekin shunday bo'lsada, o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarni udallashga harakat qilamiz.

- Vadim Abramov va Ulug'bek Baqoev. Qaysi biri kuchli murabbiy?

- Ikkalasi ham kuchli murabbiy hisoblanadi. Qaysidir murabbiyni kuchsiz deb hisoblash, menimcha noto'g'ri.


- Kelajakdagi orzularingiz?

- Har bir futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasida to'p tepishni orzu qiladi. Men ham O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni xohlayman.

- Suhbatimiz so'nggida muxlislarga tilaklaringiz?

- Uyda qoling va karantin qoidalariga qatiy rioya qiling deb qolaman. Xudo xohlasa hali hammasi ortda qoladi va yana yashil maydonlarga qaytamiz!



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика