

Unda ilk bor ishtirok etadigan milliy terma jamoamizning debyutini ko'rish va qizg'in qo'llab-quvvatlashga shay holatda turgan boshqa mamlakatlar va ayniqsa qo'shni qardosh yurt vakillari ham bor.
Jumladan, Qozog'iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov ham terma jamoamizni mundialda ko'rishdan xursand ekanligini yashirmadi va bu borada championat.asia saytiga quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
“Qardosh O'zbekistonni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Aytishim mumkinki, biz O'zbekiston terma jamoasini mundialda qo'llab-quvvatlaymiz. Terma jamoangizni bunday jahon darajasidagi futbol forumida ishtirok etishi katta natija.
Uni ichidagi vaziyat, qanaqa natijalar qayd etilishi, mundialdagi jarayonlar haqida gapirish uchun biz avvalo o'sha muhitni ichida bo'lishimiz kerak. Yani, terma jamoani bo'lajak ishtiroki qanday bo'lishi mumkinligi borasida biror fikr bildirishim joiz emas. Natijalar va maqsadlar xususida gapirish oson emas. Chunki aytganimdek, u yerdagi muhit qanaqaligini biz bilmaymiz. Faqat shuni ayta olamanki, chin yuragimdan qo'llab-quvvatlayman. Albatta, yaxshi natijalar kutib qolamiz va muxlislik qilamiz.
Hozirda Qozog'iston terma jamoamiz Chimkentdagi yig'inda. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvimiz bor. Biz jamoamizdagi futbolchilar bilan terma jamoangiz mavzusi haqida gaplashib turibmiz. Albatta, terma jamoamizdagi barcha futbolchilar O'zbekistonni jahon chempionatida ishtirok etishidan xursand.
Shuni ayta olamanki, butun xalqimiz bilan O'zbekistonga ishqibozlik qilamiz. Shu sababli O'zbekistonga mundialda omad tilab qolamiz. Esda qoladigan gollar kiritishini tilayman. Futbolchilar tomonidan uriladigan gollar va natijalar guruhdan keyingi bosqichga chiqishiga muhim rol o'ynashini xohlaymiz.
Men O'zbekiston termasiga yuragimdan omad tilayman. Olg'a, O'zbekiston!”, - deydi Talgat Maruanovich championat.asia saytiga.



