So’nggi yangiliklar

17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  1 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  2 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  1 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  5 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  8 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  3 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  1 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  1 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  0 13:40"Ўлдирса ҳам ош ўлдирсин". Доҳада Ўзбекистон U-23 терма жамоаси аъзоларига ош берилди  22 13:15Жасур Абдураимов: "Олимпиадага чиққанимиз ортидан рақибларнинг бизга нисбатан ҳурмати ошади"  9 12:45Германия терма жамоаси аъзоси "Бавария"да ўйнамоқчи  0 12:21U-23 Осиё кубоги. Яна бир легионеримиз клуб ихтиёрига жўнаб кетмоқда  36

Intervyu. Ivan Boshkovich: "Tarkibni Superliganing etakchi futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz" Yangiliklar

Intervyu. Ivan Boshkovich: "Tarkibni Superliganing etakchi futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz"

Saytimiz orqali "So'g'diyona" tarkibidagi yangiliklar haqida malum qilib borayotganimizdan xabaringiz bor.

Yangi mavsumda yuqori marralarni ko'zlayotgan klub tarkibga yaxshi saviyadagi futbolchilarni jalb qilishni ko'zlagan. Xo'sh, jamoaning bosh murabbiyi Ivan Boshkovich bu borada nima deydi?

- Qaysidir manoda katta futbolda ilk bor deyarli to'liq mavsum o'tkazdingiz. Avval "Bunyodkor"da faqat yil oxirida ishlagansiz. Superliga bu borada qanday xulosalarni berdi?

- Superliganing darajasi yuqori va har bir o'yin juda qiyin o'tdi. hafa qiladigan jihati natijalarimizda barqarorlik etishmadi. Lekin jamoam hujumkor o'yin ko'rsatdi, ko'plab gollar urdi. Har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qildik. 

- "So'g'diyona" o'z darvozasidan ko'p gol ham olib chiqdi. Bu nimani anglatadi?

- O'tkazib yuborgan gollarimiz biz kuchayishimiz kerakligini bildiradi. Mavsum yakuniga etdi va men birinchi marotaba o'yin uslubim uchun futbolchilarni tanlash imkoniyatiga egaman. Mashg'ulotlar jarayonida xatolarimiz ustida ishlaymiz, munosib tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Ikkinchi davrada jamoada kichik krizis ro'y berdi. Bir nechta o'yinlarda g'alaba qozona olgani yo'q. O'sha pallada jamoada nimalar ro'y berayotgandi?

- Etakchi futbolchilarimiz Zenan Zaymovich, Jasur Hasanov, Stanislav Andreevlarning jarohat sabab maydonga tusha olmagani o'z tasirini o'tkazdi. Barcha o'yinlarda biz raqobatbardosh jamoa bo'la oldik. O'yin natijasini mayda detallar hal qildi. 

- Mavsumni ikki qismga ajratadigan bo'lsak, biz Ivan Boshkovichning imzosiga ega jamoani ko'rdikmi?

- O'ylaymanki, barcha futbol jamoatchiligi qanday futbol talab qilishimni tushunishadi. O'yin va natijadagi barqarorlikka erishish uchun esa vaqt kerak. Biz ishlashda davom etamiz. To'g'ri yo'lda ekanligimizga ishonaman. 

- Jasur Hasanov "So'g'diyona"ning eng tajribali va mahoratli futbolchisi edi. Bunday yoshda o'ynayotgan kam sonli o'yinchi hisoblanadi. Uning jamoani tark etishi yo'qotishmasmi?

- Hasanov birinchi davrada etakchi o'yinchimiz edi. Ikkinchi davrada jarohat sabab ko'p ham maydonga tushgani yo'q. Butun mavsumni tahlil qildik. Men va rahbariyat kelasi yil uchun reja va o'zgarishlarni kelishib oldik. Bularning barchasi professional futbol uchun normal holat hisoblanadi. 

- "So'g'diyona"ning transferlari borasida turli xabarlar qulog'imizga chalinib turibdi. Klubning mazkur masaladagi rejalari qanday? Qishki transferlar vaqtida katta nomlarni ko'ramizmi? 

- Barcha jamoalarda o'zgarishlar bo'ladi. Tarkibni Superliganing etakchi futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz. Bizning o'yin uslubimiz va vazifamiz ham selekciya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

- O'tgan mavsumda Samandar Mavlonqulov, Samandar Sindarov, Ollobergan Karimov, Abdulloh Omonaliev kabi yoshlarga imkoniyat berdingiz. Yangi mavsumda jamoa oldiga jiddiy vazifa qo'yiladigan, diqqat markazida natija turadigan bo'lsa, yoshlar jamoada o'z o'rnini topib keta oladimi?

- Men futbolchilarni yosh va kattaga ajratmayman. Tajriba muhim. Lekin mashg'ulotlarda kim o'zini ko'rsatsa, o'sha o'ynaydi. Bizning etiborimiz jamoaga va jamoaviy o'yinga qaratiladi. "So'g'diyona"da futbol o'ynay oladigan va men talab qilayotgan futbolga moslasha oladigan o'yinchilar o'ynaydi. Bunda yoshning ahamiyati yo'q. Albatta, sifatli futbolchilar bilan rejalarimizni amalga oshirish osonroq bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика