Infantino yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCH har yili o'tkazilmasligini bildirdi
15 mar 2019 23:57
Yangiliklar


Infantino yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCH har yili o'tkazilmasligini bildirdi
“Bugun biz yig'ilishda juda ko'p muhim qarorlarni tasdiqladik. Biroq, klublar o'rtasidagi mundialning formatini o'zgartirish eng asosiysi bo'ldi. 2021 yildan boshlab mazkur musobaqa yangi formatda, 24ta jamoa bilan har 4 yilda o'tkazilishini xursandchilik bilan malum qilaman. Biz terma jamoalar o'rtasidagi Konfederaciyalar Kubogi uchun mo'ljallangan sanalarni ajratib oldik va mazkur musobaqaning o'rniga, klublar o'rtasidagi JCHni sinovdan o'tkazishni rejalashtirganmiz. Davomi qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.” – deydi Infantino.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning avvalgi formatida 6ta konfederaciyaning eng kuchli klublari hamda mezbon jamoa birga 7ta qatnashchi ishtirok etardi. Qayd etish joizki, ushbu turnir 2000-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar