So’nggi yangiliklar

08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  0 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  6 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  2 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  11 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  5 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  31 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  11

Ilyos Qurbonov: "Omadsizlik bo'laverganidan so'ng futbolchilar xato qilishga qo'rqib o'ynamoqda" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Omadsizlik bo'laverganidan so'ng futbolchilar xato qilishga qo'rqib o'ynamoqda"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ilyos Qurbonov fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida nima deyish mumkin, birinchi bo'lib gol urib oldik. Raqib qanday o'ynashini bilardik. Intensiv futbol ko'rsatadi. Rejamiz ikkinchi raqam ostida, qarshi hujumga tayanib o'ynash edi. Birinchi bo'limda qarshi hujumga chiqib ketish uchun sifat etishmadi. SHunga qaramay hisobda oldinga chiqib oldik. Tanaffusda yigitlarga kerakli ko'rsatmalar berildi. To'pni ko'proq nazorat qilishni aytdik. Afsuski, buni qila olmadik. Ikkinchi bo'limda 11 metrlik zarbadan so'ng yigitlar ruhan sinib qoldi. Jamoamizda ruhan qo'rquv bor. Xato qilishdan qo'rqishmoqda. O'yinni ko'rib tahlil qilamiz. 

- "Metallurg" tarkibida mahoratli, tajribali futbolchilar yig'ilgan. Lekin natija, o'yin bunga umuman mos emas. Oddiy misol futbolchilar 1:0 dan so'ng futbol o'ynashni unutishdi. Sifat etishmayotgani nima bilan bog'liq?

- Tarkibimizda mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Birinchi davrada 1:0, 2:1 yuta turib yutqazgan o'yinlarimiz ko'p bo'lmoqda. 10 turning 6 tasida durang o'ynadik. Oxirgi daqiqalarda diqqat etishmayapti. Futbol shunday o'yin. Omadsizlik bo'laverganidan keyin ruhan muammolar yuzaga keladi. Qo'rqmasdan futbol o'ynay olishmayapti. Buning evaziga ko'p to'p yo'qotishmoqda. 

- "Metallurg"da jismoniy tomonlama muammo bormi? 

- Ishonchsizlik, qo'rquv oqibatida futbolchining yuragi tez uradi. Oddiy holatda ham bu narsa yuz beradi. Jamoamizda yoshi kattaroq futbolchilar ko'p. "Surxon"da yosh yigitlar, tezroq yuguradi. Yoshi kattalar hisobiga tez charchashmoqda. Lekin oldin ishlagan murabbiyimiz jismoniy tayyorlash bo'yicha yaxshi mutaxassis edi. Qo'rquv bo'lganidan keyin odam tez charchaydi, miya ishlamaydi. 

- Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlar yaratildi. Gol urdi. Ikkinchi bo'limda jamoa buni hisobga olib yanada tempni oshirgan holda raqibni ko'mib qo'yishi mumkin edi. "Metallurg" ochko uchun o'ynab yakunda ochkosiz qoldi...

- To'g'ri, 3 ochkoni qo'ldan boy berdik. Gol urganimizzdan keyin himoyachimiz birga bir vaziyatga chiqib ketdi. O'sha vaziyatda gol urganimizda o'yinni hal qilardik. Futbolda shunday qonun bor, sen urmasang, senga urishadi. Ikkinchi bo'limda teparoqda o'ynashni aytdim. Ular bir kishi kam, qanotlardan hujum qilishimiz kerak edi. Yana aytaman, oddiy holatlarda ishonch etishmayapti. Ikkinchi golni ura olmadik. Sifat kamlik qilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика