So’nggi yangiliklar

02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  0 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  0 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:26Каталония дербиси! "Жирона" ва "Барселона" баҳсни қандай таркибда бошлайди?  36 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  7 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  2 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  45 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

Jamoliddin Rahmatullaev: "Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p"

O'zbekiston U-18 terma jamoasi ayni paytda Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Vakillarimiz kecha Ozarbayjon U-18 terma jamoasi bilan kuch sinashdi (0:0).  Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev fikrlarini bildirdi. 

"Kechagi Ozarbayjon jamoasiga qarshi o'yinga keladigan bo'lsak, o'yin yomon bo'lmadi. Futbolchilar bergan ko'rsatmalarimni maksimum darajada bajarishga harakat qilishdi. To'g'ri, o'yinda hisob ochilmadi, realizaciyada muammolar bo'ldi. Buni tahlil qilib, albatta, mashg'ulotlarda ishlaymiz. Eng muhimi, biz juda ko'p golli vaziyatlar yaratdik. Raqib ko'proq himoyaga etibor qaratgan bo'lsa-da, bizda etarli imkoniyatlar bo'ldi.

Futbolchilarga qo'yilgan vazifalarimdan yana biri — to'pni yo'qotgandan keyingi holatimiz edi. Bu jihatda ham yigitlar yaxshi ko'rinishdi. To'g'ri, hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz juda ko'p, lekin oxirgi ikki yig'inda yigitlarning har tomonlama progressi meni xursand qilmoqda. Biz nafaqat maydondagi holatlarni, balki maydon tashqarisidagi, yani muhitni, jamoaviy birdamlikni, futbolchilarning o'zlariga bo'lgan ishonchini va, albatta, vatanparvarlik ruhini oshirishga harakat qilyapmiz.

12 oktyabr kuni ikkinchi o'yinimizni o'tkazamiz. Bu bahsda qolgan yigitlarga ham imkoniyat berishni reja qilganman. Ishonchim komilki, ular ham o'zlariga berilgan imkoniyatdan maksimum darajada foydalanadilar", - deydi Jamoliddin Rahmatullaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика