Rasman: Noyabr oyida O'zbekiston Misrga qarshi o'ynaydi
10 okt 23:06
Yangiliklar
Rasman: Noyabr oyida O'zbekiston Misrga qarshi o'ynaydi
Misrning "Yalla Kore" nashri malumotiga ko'ra, noyabr oyida Dubayda to'rt terma ishtirokida o'rtoqlik turniri tashkillashtiriladi.
Unga ko'ra, turnirda Eron, Misr, O'zbekiston va Kabo-Verde termalari ishtirok etadi.
"Yaqindagina barcha termalar bilan shartnomalar imzolandi. Musobaqaning dastlabki o'yinida Eron va Kabo-Verde o'zaro kuch sinashsa, ikkinchi bahsida O'zbekiston Misrga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvlar g'oliblari final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun bahs olib boradi", - deyiladi xabarda.
Mazkur musobaqa noyabr oyidagi FIFA kunlari (10-18 noyabr) doirasida tashkil etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar