Rasman: Noyabr oyida O'zbekiston Misrga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
10 okt 2025, 23:06
Misrning "Yalla Kore" nashri ma'lumotiga ko'ra, noyabr oyida Dubayda to'rt terma ishtirokida o'rtoqlik turniri tashkillashtiriladi.

Unga ko'ra, turnirda Eron, Misr, O'zbekiston va Kabo-Verde termalari ishtirok etadi. 

"Yaqindagina barcha termalar bilan shartnomalar imzolandi. Musobaqaning dastlabki o'yinida Eron va Kabo-Verde o'zaro kuch sinashsa, ikkinchi bahsida O'zbekiston Misrga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvlar g'oliblari final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun bahs olib boradi", - deyiladi xabarda.

Mazkur musobaqa noyabr oyidagi FIFA kunlari (10-18 noyabr) doirasida tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yalla Kore