"Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga berib yubormoqchi
10 okt 2025 23:45
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga berib yubormoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkze qishda A Seriyaga qaytishi mumkin.
"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini ushbu hujumchi bilan ishlashni istayotganini klub rahbariyatiga malum qilgan.
Hujumchining o'zi ham mankunianliklar tarkibida o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotganidan mamnun emas. U jahon chempionatidan quruq qolib ketmaslik uchun agentiga yangi jamoa topish kerakligini aytgan. O'z navbatida "Roma" ushbu holatni kuzatib bormoqda.
Zirkzega "Vest Xem" va "Everton" tomonidan ham qiziqishlar bor.
24 yoshli niderlandiyalik hujumchi ushbu mavsumda 3 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar