O'rtoqlik uchrashuvi. Kannavarodan g'alabali debyut, O'zbekiston Kuvaytdan ustun keldi
09 okt 19:58
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi. Kannavarodan g'alabali debyut, O'zbekiston Kuvaytdan ustun keldi
O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston - Kuvayt 2:0 (TUGADI)
Toshkent. "Olimpiya" stadioni
Hakamlar: Mederbek Taichiev, Ismailjan Talipjanov, Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi)
Zaxira hakami: Asker Najafaliev (O'zbekiston)
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov (O'zbekiston)
Gol: Eldor Shomurodov (Muhammadqodir Hamraliev) 10, 1:0, Hojimat Erkinov (Otabek Shukurov)
O'zbekiston: 12. Abduvohid Nematov, 2. Muhammadqodir Hamraliev, 3. Xojiakbar Alijonov (11. Oston O'runov,86), 5. Rustam Ashurmatov, 6. Akmal Mozgovoy ( 17. Abdurauf Bo'riev,86), 7. Otabek Shukurov ( 10. Azizjon G'aniev,69), 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov ( 21. Igor Sergeev, 69), 20. Xojimat Erkinov, 22. Abbosbek Fayzullaev (19. Azizbek Turg'unboev, 22) 23. Alibek Davronov ( 15. Umarbek Eshmurodov, 69)
Zaxira: 1. Vladimir Nazarov, 4. Dilshod Saitov, 8. Jamshid Iskanderov, 9. Anvar Hojimirzaev, 24. Jahongir O'rozov, 26. Rustam Turdimurodov
Kuvayt: 23. Suod Al Xushan, 2. Hasan Al Enezi, 5. Fahad Al Hajri, 7. Badir Abdulrahman (18. Otbi Solih, 27), 8. Ahmad Al Deferi, 9. Muat Al Enezi (10. Favaz Al Otaibi, 79), 14. Redha Abdujabarah, 15. Rashed Al Dousari (12. Abdulvahab Al Avadhi, 61) 20. Yusuf Al Sulayman, 21. Salman Muhammad (11. Jarah Al Hiloli, 61)
Zaxira: 1. Xaled Al Rashidi, 22. Soud Al Jenaya, 4. Xaled Al Najax, 6. Sultan Al Enezi, 13. Muhammad Al Nassar, 16. Xolid Al Marshad, 17. Talal Al Qaisi, 19. Holid Al Fadli
Ogohlantirish: Redha Abdujabarah (Kuvayt) 59
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
86. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida, Xojiakbar Alijonov o'rniga Oston O'runov, Akmal Mozgovoy o'rniga Abdurauf Bo'riev tushdi.
85. Terma jamoamizda ketma-ket burchak zarbalari. Ammo samarasiz.
82. Erkinov kirib bordi, lekin yakuniy zarbaga raqibning ikki futbolchisi g'ov bo'ldi.
73. ZARBAA. Nasrullaevning uzatmasidan so'ng Turg'unboev zarba yo'lladi. O'ta noaniq.
69. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasi safida Alibek Davronov o'rniga Umar Eshmurodov, Eldor Shomurodov o'rniga Igor Sergeev, Otabek Shukurov o'rniga Aziz G'aniev tushdi.
64. Afsus! Otabek Shukurov penaltidan gol ura olmadi.
62. PENALTI. Hojimat Erkinov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. U tezkorlik bilan raqibidan qochib ketayotgandi. Otabek Shukurov nuqtada.
59. OGOHLANTIRISH. Redha Abdujabarahga sariq kartochka ko'rsatildi.
59. ZARBAAA. Hojimat Erkinov birga-bir vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Raqib posboniga bravo!
56. Kuvayt darvozamiz oldida keskinlik yaratib ko'rdi. Lekin bu golga aylanmadi.
54. ZARBAA. Bu safar Nasrullaev jarima maydonchasi ichida omadini sinab ko'rdi. Zarba noaniq.
50. ZARBAA. Xojimat Erkinov Mozgovoydan to'pni qabul qilib olib zarba yo'lladi. Xavfli chiqdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42. Eldor Shomurodovda qulay vaziyat yuzaga keldi. Kuvayt posboni to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.
40. Xojimat Erkinov birinchi bo'limda juda yaxshi harakat qilmoqda.
32. ZARBAAAA. Xojimat Erkinovning uzatmasidan so'ng Shomurodov darvozaga kuchsiz zarba yo'lladi. Kuvayt posboni to'pni qaytardi.
28. Abbos Fayzullaev oyog'ida og'riq sezgani ko'rinib turibdi.
22. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Abbos Fayzullaev o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi. Majburiy o'zgarish, Abbos biroz noqulaylik his qildi.
19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Shukurovning ajoyib uzatmasini qabul qilib olgan Xojimat Erkinov texnikasini ishga solib tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
16. Ustunlik to'liq terma jamoamizda.
11. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHOMUUUROOODOOOV. Hakam Shomurodovning golini inobatga oldi. VAR vaziyatni ko'rgach gol toza ekanligini qayd etdi.
10. Eldor Shomurodov Kuvayt darvozasini ishg'ol qildi, lekin hujumchimiz o'yindan tashqari holatda qolgan edi. Hakam VAR bilan gaplashmoqda.
9. To'p nazorati vakillarimizda. Lekin hujumlarimiz xavfli emas
3. UX. Kuvaytning terma jamoamiz jarima maydonchasi tomon uyushtirgan ilk hujumi keskin ko'rinish oldi. Yusuf Sulaymanning zarbasi ilk ogohlantiruvchi qo'ng'iroq bo'ldi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
- Uchrashuv boshlanishiga oz qoldi. O'yinga hamma narsa shay!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Коннаваро хозирча яхши тактикада.
Олға ЎЗБЕКИСТОН!!
Бугунги ғалаба муборак, нима бўлса ҳам Фифа рейтингида +очко, фойдаси бор.
Олға Ўзбекистон.