

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Abdumajidovga Kuvayt premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Al Tadamon" klubidan taklif bor. Bundan tashqari, unga Serbiya birinchi ligasida qatnashuvchi Leskovac shahrining "Dubochica" klubi e'tibor qaratgan.
Ma'lumot uchun, Odil Abdumajidov yozda Qozog'istonning "Turon" klubidan kyetib "Sho'rtan"ga o'tdi. G'uzor jamoasi safida 10 ta o'yinda to'liq harakat qildi. Mavsum oxirini kichik jarohat tufayli o'tkazib yubordi.
Transfermarkt portali ayni paytda futbolchini 400 ming evroga baholamoqda.



