

Kristian Pulishich (4-daqiqa) va Adrien Rabo (10) jamoasi uchun tezkor gollarni urishdi. Shundan so'ng Alessandro Bastoni hisobni qisqartirdi. Ammo, shundan so'ng Diego Moreyra “Milan”ning uchinchi golini urdi (43). Ikkinchi bo'limda darvozalarga gollar urilmadi.
“Inter” 10-turdan so'ng 25 ochko bilan ikkinchi, “Milan” esa 21 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jadvalni 9 o'yindan so'ng 25 ochko bilan “Lacio” boshqarmoqda. “Roma” hisobida 10 o'yindan so'ng 24 ochko bor.





