"Real" yiliga 15 mln evro maosh olayotgan Bellingemning maoshini sezilarli darajada oshiradi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2026, 00:33
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem va Madrid klubi uzoq muddatli yangi kelishuv borasida muzokaralarning so'nggi bosqichida turibdi.

"Qirollik klubi" 23 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisini muvaffaqiyatli o'yinlari uchun taqdirlamoqchi va hozirda tomonlar 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirishga yaqin turishibdi.

The Athletic xabariga ko'ra, yiliga taxminan 15 million evro ishlab topayotgan Judning maoshi sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.

"Qaymoqranglilar" futbolchi bilan yangi bitimni yil oxirigacha imzolashni rejalashtirmoqda. Rasmiy e'lon esa allaqachon shu haftadayoq berilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic