So’nggi yangiliklar

03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  1 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  0 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  3 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  18 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  5 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  0 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  17 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0 20:04Аморим: "МЮ мураббийи ҳеч қачон ўзини хавфсиз ҳис қила олмайди"  1 19:37Расман: "Насаф"дан илк "юриш", Умарбек Эшмуродов қайтди  14

Hakamlar “Nasaf”ga yana yordam berishdimi? Superliganing 17-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Hakamlar “Nasaf”ga yana yordam berishdimi? Superliganing 17-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili

Rossiyalik ekspertimiz bahsli epizodlarni tahlil qildi.

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev («Alyo, ref!» Telegram kanali) Superliganing 17-tur uchrashuvlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.


«Metallurg» - «Dinamo»

VIDEO

Qiziqarli va juda kam uchraydigan epizod yuz berdi. "Dinamo" darvozaboni jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritgandan so'ng raqib teginishidan oldin to'pga yana oyoq qo'ydi. Bu qoidabuzarlik hisoblanib, erkin zarba belgilanishi kerak. Hakam mazkur epizodni to'g'ri fahmladi. Ammo qoidaga ko'ra, agar to'pga takroran tegish gol urish imkoniyatidan mahrum etilishiga olib kelsa, u holda darvozabon yoki maydondagi o'yinchi bo'lishidan qati nazar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak. VAR epizodga aralashib, to'g'ri ish qildi.


«Metallurg» - «Dinamo»

VIDEO

Agar boshqa kameralar orqali takroriy vaziyatni ko'rish imkoniyati bo'lmasa, hakamning "Metallurg" jamoasi o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatish qarorini maqullash mumkin. O'yinchi raqib tomon va to'p ustiga oyog'ini holatda keskin tashladi, ammo to'g'ridan-to'g'ri raqib oyog'iga butsasining ost qismi bilan zarba bermagan. Bu holda "engil" teginish sodir bo'lgan, ammo to'pni olib qo'yishga urinish juda xavfli edi. Qo'pol o'yin uchun sariq kartochka to'g'ri ko'rsatilgan.


«Neftchi» - «Olimpik»

VIDEO

Faqatgina umumiy planda ko'rsatilgan takroriy vaziyatlar orqali qoidabuzarlik bo'lgan yoki bo'lmaganini aytish imkonsiz. "Neftchi" futbolchisidan hech qanday keskin turtkilash harakatini ko'rmayapman. Agar VARda boshqa kameralardan olingan takroriy vaziyatlar bo'lsa, videoyordamchi epizodga aralashishi mumkin edi, chunki mazkur to'qnashuvdan so'ng darhol gol urildi.


«Lokomotiv» - «Qizilqum»

VIDEO

Mazkur vaziyatda to'pning qo'lga "klassik" usulda tegishi sodir bo'lgan. "Lokomotiv" himoyachisi qo'lini orqasiga perpendikulyar (tik holatda) yo'naltirib, tana maydonini kengaytirgan. VAR vaziyatga to'g'ri aralashadi, ammo epizodda bosh hakamning o'zi qaror qabul qilishi kerak edi. Sariq kartochkasiz penalti beligilash qarori ushbu holatga mos tushadi.


«Nasaf» - «Andijon»

VIDEO

Yana sifatli takrorlar va rakurslar muammosi ko'zga tashlangan. "Andijon" futbolchisining oyog'iga teginish mumkin bo'lgan nuqta ko'rinmagan. Umuman olganda, "Nasaf" himoyachisi yakkama-yakka kurashga ehtiyotsizlik bilan kirishmoqda va agar "ustma-ust tushish" (zarba beruvchining oyog'iga butsaning tag qismi bilan tegish) holati yuz bergan bo'lsa, sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Biroq yana bir bor takidlash joizki, hakamning xatoga yo'l qo'ygan-qo'ymaganini aniq aytib bo'lmaydi, chunki hech narsasini ko'rib bo'lmaydi.


«Nasaf» - «Andijon»

VIDEO

Menimcha, bu vaziyatda qoidani qo'pol ravishda buzganlik uchun qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Avvalgi turlarda ham xuddi shunday qo'polliklar uchun hakamlar futbolchilarni maydondan chetlatgan holatlar bo'lgan. “Nasaf” futbolchisi butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining ort qismini zo'r bergan holatda bosdi, bu erda “ezib yuborish” elementi mavjud. VAR vaziyatga aralashmasdan, xato qildi. Hakamning yaxshi poziciyada turganini qayd etmoqchiman. To'g'ri, sariq kartochka futbolchi uchun ikkinchisi bo'ldi, ammo unga "to'g'ridan-to'g'ri" qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi.


«So'g'diyona» - «Paxtakor»

VIDEO

Hakam epizodni to'g'ri baholadi. Yaxshi harakat va ideal poziciya unga to'g'ri qaror qabul qilish imkonini berdi — simulyaciya uchun "Paxtakor" futbolchisiga sariq kartochka va "So'g'diyona" foydasiga jarima zarbasi.


«Surxon» - «Navbahor»

VIDEO

Agar VARda ofsayd chizig'i bo'lmasa, bunday "chegaraviy" vaziyatlarda yordamchi hakam hujum qilayotgan tomon foydasiga qaror qabul qilishi kerak. Qanot hakami aynan shunday ish qilgan. Bunday dadil qaror uchun unga maqtov aytish mumkin. “Navbahor”ning goli to'g'ri hisoblandi.


«Surxon» - «Navbahor»

VIDEO

Hakamning yaxshi poziciya tanlaganini qayd etib, uning qarorini qo'llab-quvvatlayman. Albatta, darvoza ortidagi takroriy vaziyat etarli emas. Bu rakurs bo'lmaganda, VAR vaziyatga aralasha olmasdi. Hakam o'z qarorini to'g'ri tasdiqladi. "Surxon" futbolchisi to'pni to'satdan yon tomonga yo'naltirayotgan paytda "Navbahor" futbolchisi oyog'ini maysazorga tashladi. SHundan so'ng hujum qilayotgan o'yinchi kontakt holatiga "bezak berishga" urinib, yiqitish holati bo'lmasa ham oyoqlarini ortga bukib oldi.


«Bunyodkor» - OKMK

VIDEO

Umuman olganda, bu unchalik murakkab epizod emas. "Bunyodkor" futbolchisi taxminan butun gavdasi bilan ofsaydda turgan edi. Hakam yordamchisi, ko'rsatmalarga binoan, vaziyatni oxirigacha o'ynashga imkon berdi, so'ngra ofsaydni qayd etdi. Agar ofsayd bo'lmaganda, OKMK darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Biroq, o'yindan tashqari holat bo'lgani sababli, hakam yordamchisi vaziyatni to'g'ri baholadi.


SHu tariqa Superliganing 17-tur uchrashuvlarida hakamlar bitta xatoga yo'l qo'yishdi ("Nasaf" - "Andijon" uchrashuvida Abdixoliqovning chetlatilishi). Yana ikki epizodda sifatsiz takroriy vaziyatlar yoki boshqa rakurslardan takroriy lavhalar yo'qligi sabab ekspertimiz hakamlarning to'g'ri qaror qabul qilgan-qilmaganini aniqlay olmadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика