So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Hakam "Dinamo"ga penalti bermadi, OKMK futbolchisiga sariq kartochka berishi kerak edi. 22-turdagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Hakam "Dinamo"ga penalti bermadi, OKMK futbolchisiga sariq kartochka berishi kerak edi. 22-turdagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref! Telegram kanali muallifi) Superliganing 22-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

«Surxon» - «Lokomotiv»

VIDEO

VAR penaltini bekor qilish uchun epizodga to'g'ri aralashgan. Mazkur vaziyatda «Lokomotiv» himoyachisi tomonidan hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmagan. «Surxon» o'yinchisi hali kichik kontakt yuzaga kelishidan oldin (fol hisoblanmaydigan) «yiqilishni» boshladi. Hakamlar brigadasi to'g'ri qaror qabul qildi.


«Surxon» - «Lokomotiv»

VIDEO

Hakam uchun murakkab epizod sodir bo'lgan. Birinchidan, hakam rakurs va o'zi turgan poziciya tufayli yakkakurashning barcha tafsilotlarini oxirigacha ko'ra olmadi - o'yinchilar uning nigohini to'sib qo'yishgandi. Ikkinchidan, VAR’ning aralashuvini qo'llab-quvvatlayman, ammo videoyordamchilar qoidabuzarlik qaysi nuqtada yuz bergani haqida mustaqil qaror qabul qilishlari va bosh hakamni monitor yoniga chaqirmasliklari kerak edi. Uchinchidan, himoyachi tomonidan raqib futbolchisining to'xtatib qolish holati yaqqol qoidabuzarlik emasdi, shu bois hakam fol qayd etmasdan, o'yinni davom ettirgan taqdirda ham, uning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin edi. Lekin, eng muhimi, ushbu vaziyatda «Lokomotiv» foydasiga penalti belgilanmagani bo'ldi.


«Surxon» - «Lokomotiv»

VIDEO

VAR’ning voqeaga aralashib, «Surxon» foydasiga penalti belgilash qaroriga qo'shilaman. «Lokomotiv» himoyachisi tomonidan «klassik» chalish holati ro'y bergan. Penalti to'g'ri belgilangan.


«Navbahor» - «Metallurg»

VIDEO

Qoidabuzarlikdan so'ng «Navbahor» o'yinchisi qasddan oyog'ini raqib tomonga yuqoriga ko'tarib, unga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam «Navbahor» futbolchisini chetlatib, to'g'ri qaror qabul qildi. VAR voqeaga to'g'ri aralashdi.


«Andijon» - «Olimpik»

VIDEO

Takroriy lavhalar sifati «Olimpik» darvozaboni tomonidan fol bo'lgan-bo'lmaganligini aniq aytishga imkon bermaydi. Ammo hakam yaxshi poziciyada turganini hisobga olsak, uning o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin.


«Andijon» - «Olimpik»

VIDEO

Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. Uzatma chog'ida «Olimpik» himoyachisining qo'li tanaga parallel holatda edi, yani qo'l tana maydonini oshirmagan. SHuningdek, hakamning yaxshi poziciyada turganini etirof etmoqchiman: u epizodni aniq-tiniq ko'rdi va VAR yordamisiz to'g'ri qaror qabul qildi.


«Bunyodkor» - «So'g'diyona»

VIDEO

Ikkala o'yinchi ham to'p uchun xavfli kurashga kirishdi. «Bunyodkor» futbolchisiga omad kulib boqdi, uning yakkakurashga kirishish oldidan ancha baland ko'targan o'ng oyog'i raqib futbolchisining to'pig'iga tegmadi. O'yinchi kurashga juda xavfli tarzda kirdi, ammo fol yo'q edi. «So'g'diyona» futbolchisi raqib gavdasiga urg'u bergan holda harakatlandi. Hakam «So'g'diyona» futbolchisi tomonidan qo'pollik ishlatilganini to'g'ri qayd etdi. SHuningdek, uning qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatmagani ham etirof etishga loyiq, chunki qo'l bilan raqibning yuziga zarba berish holati yo'q edi.


«Bunyodkor» - «So'g'diyona»

VIDEO

Keling, epizodni ikki qismga ajratamiz. Birinchisi: epizodda oxirigacha kurashgan va sirg'anib turib to'pni maydonda saqlab qolishgan uringan raqibga nisbatan «Bunyodkor» futbolchisi tomonidan turtish holati tufayli qoida buzilishi. Bu oddiy qoidabuzarlik sanalib, sariq kartochkasiz, faqat og'zaki ogohlantirish bilan chegaralanadi. Ikkinchisi: maydondan tashqarisida yuz bergan to'qnashuv, bu holatda «So'g'diyona» murabbiyi jabrlandi. U maydonga agressiv tarzda kirib, hakamga shikoyat qila boshladi. Bu, albatta, qizil kartochka degani.

SHaxsiy tajribamdan shuni aytishim mumkinki, bunday epizodlarda qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatish mumkin, chunki to'qnashuv o'yin oxirlab borayotgan pallada yuz bergan. Uchrashuv boshida bo'lganida, bu sariq kartochkasiz qoidabuzarlik hisoblanardi, ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida futbolchilarda ham, rasmiylarda ham (birinchi navbatda, murabbiylarda) keskinlik yuqorilaydi.


✅❌ OKMK – «Neftchi»

VIDEO

Hodisa boshlanishida OKMKning 15-raqamli futbolchisi tomonidan raqibini ushlab qolgan holda to'xtatish holati kuzatilgan. Lekin bu qoidabuzarlik sariq kartochka ko'rsatishga arzigulik emas — darvozaga teskari turgandi, to'p uchun oddiy kurash kechgan, istiqbolli hujumni buzish va ortiqcha tajovuzkor xatti-harakat mavjud emas. Keyinchalik OKMKning 3-raqamli himoyachisi darhol «Neftchi» hujumchisining qarshisiga yugurib kelib, to'pni tezda o'yinga kiritishiga to'sqinlik qilgan. Sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun OKMK himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.


«Dinamo» - «Nasaf»

VIDEO

«Dinamo» himoyachisining qo'liga to'p tekkanini ko'rmadim. Hakam o'yinni haqli ravishda davom ettirdi.


«Dinamo» - «Nasaf»

VIDEO

“Nasaf” foydasiga penalti to'g'ri holatda belgilandi. Bu vaziyatda "Dinamo" himoyachisi qo'li uchun javobgardir. Hech kim uni qo'lini tanasining maydonini oshiradigan tarzda harakatlantirishga majburlamagan.


«Dinamo» - «Nasaf»

VIDEO

Mening fikrimcha, bu vaziyatda «Nasaf» darvozaboni tomonidan yaqqol tarzda qoida buzilishi sodir etilgan. «Dinamo» hujumchisi bilan havodagi kurashda uning qo'llari to'pga etmagan. SHundan so'ng darvozabon qo'li bilan hujumchining yuziga tegib ketgan. «Nasaf» darvozaboni bu holatda ehtiyotsizlik bilan harakat qildi, qoidabuzarlik uchun penalti belgilash va sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. VAR mazkur epizodga aralashishi shart edi.


SHu tariqa, 22-tur uchrashuvlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика