So’nggi yangiliklar

12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  1 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  14 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  1 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  10 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  12 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11

Marselo Belsa: "O'zbekiston JCHda ishtirok etishining o'zi katta natija deb bilaman. Ushbu yig'inda har bir futbolchining imkoniyatlarini ko'rib olishimiz kerak" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Marselo Belsa: "O'zbekiston JCHda ishtirok etishining o'zi katta natija deb bilaman. Ushbu yig'inda har bir futbolchining imkoniyatlarini ko'rib olishimiz kerak" (matbuot anjumani)

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsya Malayziyada o'tkaziladigan Dominikan Respublikasiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi. Malayziyada bo'lib turganimizdan juda xursandman", - dedi Marselo Belsa. --

"Ikki o'rtoqlik uchrashuvini kutyapmiz. Malayziya - ajoyib davlat ekan", - deya fikr bildirdi Rodrigo Salazar. 



- Urugvayni Dominikan Respublikasi va O'zbekistonga qarshi o'yin kutib turibdi. Ikki raqib haqida nimalar deya olasiz? O'zbekiston o'z tarixida ilk bor mundialga chiqdi va yaqindagina Fabio Kannavaroni bosh murabbiy etib tayinladi...

- O'zbekiston jahon chempionatida ishtirok etishining o'zi katta natija va sabab. Dominikan Respublikasida esa xorijda o'ynaydigan futbolchilar ko'p. Ayniqsa Evropaning muhim ligalarida. Biz esa ushbu jamoalarga qarshi yuqori darajadagi o'yinimizni namoyish etishimiz kerakligini anglatadi. O'zbekiston mundialga boradigan jamoa. Bu katta natija. Dominikan Respublikasi esa yo'q. Ikki mamlakat o'rtasidagi farq shu. Ikki raqib ham bizga jiddiy qarshilik ko'rsatadi.

- Terma jamoaning asosiy futbolchilari sanalgan Xose Mariya Ximenes va Darvin Nuneslar jarohat tufayli ushbu yig'inga chaqirilmadi. Rodrigo Bentankur, Manuel Ugarte va Federiko Valverde kabi etakchi futbolchilar Malayziyaga olib kelinmaganing sababi nima?

- Ushbu o'yinchilarni terma jamoaga juda kerakli deb hisoblayman. Hozir esa biz ko'p yangi futbolchilarni terma jamoaga jalb etdik va ularga imkoniyat berib ko'ramiz. Yana bir bor takrorlayman, mundial yaqinlashib kelayotgani sababli terma jamoaga chaqirilishi kerak bo'lgan va jahon chempionatiga olib boriladigan tarkibdan o'rin olishi mumkin bo'lgan har bir futbolchiga imkoniyat berib ko'rishimiz kerak. Har bir futbolchining o'yinini ko'rib olishimiz kerak. Sababi biz yig'inga chaqirilayotgan har bir futbolchi 2026 yilning iyun oyida Urugvay terma jamoasi safidan o'rin olishi mumkin.

- Ciz ishlagan jamoalar har doim yuqori intensivlik va jismoniy jihati bilan ajralib turadi. Urugvay terma jamoasidagi futbolchilar sizning falsafangizga qanchalik mos keldi?

- Ikki yildan beri Urugvay futbolidaman. Barcha futbolchilar mundialdan oldingi tayyorgarlik jarayonidan o'tishmoqda. Hozirgi yig'inlarda biz o'zimizning uslubimizni yaxshilash bilan bandmiz.

- Kike Oliveyra terma jamoa yig'inida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo'ldi? Ushbu qarordan so'ng Oliveyra terma jamoa tarkibidan to'liq tushib qolishi mumkinmi?

- U terma jamoaga chaqirilishi mumkin bo'lgan futbolchi. Hozirgi kunda hech qaysi futbolchining JCHda ishtirok etishi aniq emas. Hech kim tarkibdan tushib qolgani yoki tarkibda bo'lishi aniq emas.

Rodrigo Salazarga savol

- Malayziya iqlimi sizlarga qanchalik qiyinchilik tug'dirmoqda? 

- Mamlakat biroz issiq ekan. Biroq biz futbolchilar bir necha kundan beri mashg'ulot olib bormoqdamiz va deyarli o'rganib bo'ldik.

Rodrigo Salazarga savol

- Marselo Belsa juda mashhur va tajribali murabbiy. Ushbu mutaxassisdan nimalarni o'rgandingiz?

- Belsadan imkon qadar ko'proq narsa o'rganib olishga harakat qilaman. Urugvay terma jamoasida faoliyat olib yuborayotgani katta yutug'imiz. Har bir futbolchi terma jamoada imkon qadar yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qiladi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Urugvay uchrashuvi 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahridagi "Xang Jebat" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.




Reyting: +5   

Fikrlar

   
09 okt 22:40:11
TOMJIQ_OLOT
Ўзбекистон – Уругвай 2:0
   
09 okt 14:14:43
fc bunyodkor+fk pakhtakor N 1
Urugvay terma jamoasida faoliyat olib yuborayotgani emas faoliyat olib borayotgani boladi matnni tarjima qildirgannan keyn tekshiring
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика