PSJ Dezire Duening xochsimon paylari uzilganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 17:28
PSJ rasmiy sayti orqali qanot hujumchisi Dezire Duening o'ng tizzasi oldingi xochsimon paylari uzilganini tasdiqladi.

21 yoshli futbolchi oy oxirida jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

Due Fransiya Liga 1 musobaqasining 11-turidan o'rin olgan "Nicca"ga qarshi bellashuv (2:3) vaqtida jarohat olgan edi. Birinchi bo'lim oxirida vingeri maydondan zambilda olib chiqib ketilgan.

Joriy mavsumda Due barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 120 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr