Marselo Belsa: "O'zbekiston - mundialga boradigan jamoa"
09 okt 2025 11:27
Yangiliklar
Marselo Belsa: "O'zbekiston - mundialga boradigan jamoa"
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa Malayziyada o'tkaziladigan Dominikan Respublikasi va O'zbekistonga qarshi uchrashuvlar haqida fikr bildirdi.
"O'zbekiston — mundialga boradigan jamoa. Bu katta natija. Dominikan Respublikasi esa yo'q. Dominikan terma jamoasida xorijda o'ynaydigan futbolchilar ko'p. Ikki mamlakat o'rtasidagi farq shu. Ikki raqib ham bizga jiddiy qarshilik ko'rsatadi", – dedi Marselo Belsa.
O'zbekiston – Urugvay uchrashuvi 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahridagi "Xang Jebat" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar