Gravina: "Gattuzo – Italiya futbolining ramzi"
16 iyu 11:11
Yangiliklar


Gravina: "Gattuzo – Italiya futbolining ramzi"
Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina Jennaro Gattuzoning Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.
"Gattuzo – Italiya futbolining ramzi. Moviy rang u uchun ikkinchi tanadek bo'lib qolgan. Uning motivaciyasi, professionalligi va tajribasi bu ishni eng yaxshi tarzda uddalash uchun asos bo'ladi. Maqsadning muhimligini tushunib, unga bu taklifni qabul qilgani va to'liq fidoyiligi uchun minnatdorlik bildiraman", – dedi Gravina.
Gattuzoning avvalgi ish joyi Xorvatiyaning "Xayduk" klubi edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar