Futzal. Rustam Umarov: "Futzalda o'z so'zimiz borligini isbotladik"
10 may 2014 18:16
Yangiliklar
Futzal. Rustam Umarov: "Futzalda o'z so'zimiz borligini isbotladik"
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Bronza uchun bahsda vakillarimiz Quvayt terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Ana shu o'yindan so'ng terma jamoamizning asosiy darvozaboni Rustam Umarovning fikrlarini olishga muvaffaq bo'ldik.
- Bugungi o'yin haqida nima deya olasiz?
- Bu o'yin juda ham muhim edi. O'rtaga uchinchi o'rin, medal va keyingi Osiyo chempionatida birinchi savatchaga tushish tikilgan edi.
Quvayt juda jiddiy raqib, shunga yarasha bizni og'ir uchrashuv kutib turganini bilgandik. Murabbiylar va yigitlar bilan raqibimizning avvalgi o'yinlari tushirilgan video tasvirlarni diqqat bilan kuzatib chiqib, yaxshi tayyorgarlik bilan o'yinga tushdik. Uchrashuv juda qiyin va asabiy ruhda o'tdi.
Biz bugun ko'proq vaziyatlarni yarata oldik, lekin hujumlarimizning hammasini ham golga aylantira olmadik, himoyada esa mustahkam turdik.
Ikkinchi to'pni kiritganimizdan keyin ular o'ynovchi darvozabonni tushirishdi, yaxshi himoyalandik, gol esa rikoshet bo'lib kirib ketdi. Bir necha bor uzoq masofadan bo'sh qolgan darvozaga to'p kirita olmadik, bu vaziyatning qaltisligidan deb bilaman. Umuman g'alaba qozonganimizdan hursandmiz. Ayni shu damda alo kayfiyat bilan final o'yinini tomosha qilib o'tiribmiz.
- Taqdirlash marosimida bronza medalni bo'yningizga ilasiz. Bu siz uchun birinchisi emas, lekin boshqacha hissiyotlar o'tayotgan bo'lsa kerak?
- Har bir medal qiyinchilik bilan qo'lga kiritiladi, shuning uchun ham ularni har birining o'z o'rni bor. Men bu safargi qita birinchiligida sovrindorlar safida bo'lishni juda ham xohlagan edim, garchi uchlikka kirish qiyin bo'lsa ham. Biz Quvaytga o'z medallarimizni yutqazib qo'ymasligimiz lozim edi va futzalda o'z so'zimiz borligini isbotladik.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar