Futzal. O'zbekiston 3-marta qitada uchinchi bo'ldi
10 may 2014 15:38
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston 3-marta qitada uchinchi bo'ldi
Vetnamda bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati bugun yakunlanadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun uchinchi o'rin uchun bahsda Quvayt ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz Osiyo chempionatining bronza medallariga ega bo'ldi.
SHunday qilib 13-marta qita chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston uchinchi marta uchinchi o'rinni band etdi. Bundan tashqari futzalchilarimiz uch bor kumush medallarni qo'lga kiritishgan va bir marta musobaqani to'rtinchi o'rinda tugatishgan.
Malumot uchun, Eron terma jamoasi 10 karra Osiyo chempioni sanalandi. Yaponlar hisobida ikkita chempionlik bor. Qolgan hech bir davlat terma jamoasi hozirga qadar futzal bo'yicha Osiyo chempioni bo'lmagan.
Bu yilgi OCH finalida Yaponiya va Eron to'qnash kelishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar