So’nggi yangiliklar

19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  0 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Indoneziyadagi turnirda ishtirokini boshlaydi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Indoneziyadagi turnirda ishtirokini boshlaydi

Teglar :  FutzalIndoneziya
Oktyabrda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o'tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun start oladigan xalqaro musobaqada ishtirokini boshlaydi. 8 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada g'oliblik uchun Indoneziya, Xitoy Taypeyi hamda O'zbekiston terma jamoalari, shuningdek, Iroq terma jamoasi o'rniga qo'shilgan Malayziyaning KL Siti FK klublari bahs olib borishadi.

Kecha musobaqa oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Bahodir Ahmedov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Ayni paytda terma jamoamiz Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga tayyorgarlik olib bormoqda. Ushbu musobaqa oldidan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkazilgan “CHkalov Kubogi”da ham ishtirok etdik. Mazkur ikki musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsadimiz – tarkibimizdagi futbolchilarning harakatlarini ko'zdan kechirib, mavjud kamchiliklarni bilib olish va ularni bartaraf etish sanaladi. Saralash bahslariga xalqaro musobaqalardagi ishtirok orqali hozirlikni davom ettiryapmiz. Sekin-asta o'z o'yinimizni shakllantirib boryapmiz. Indoneziyada o'tadigan turnir davomida yaxshi o'yin namoyish etib, yakunda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.




Musobaqa taqvimi:
6 sentyabr

08:00 KL Siti FK – O'zbekiston

7 sentyabr
12:00 Indoneziya – O'zbekiston

8 sentyabr
10:00 O'zbekiston – Xitoy Taypeyi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика