SQB xalqaro musobaqada g'olib chiqdi
12 iyu 2025 13:48
Yangiliklar
SQB xalqaro musobaqada g'olib chiqdi
26-29 may sanalari oralig'ida Tojikistonning Xo'jand shahrida Tawhid Bank tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro turnirda SQB futzal jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.
Musobaqada SQBdan tashqari Tojikiston Respublikasidan ikki jamoa – chempion "Soro" hamda "Sipar", Qirg'iz Respublikasidan "Kant", Qozog'istondan "Turon" va Erondan "Alp Laxichan" jamoalari ishtirok etdi.
Jamoa musobaqaning guruh bosqichida Tojikiston chempioni "Soro" futzal klubi hamda Qirg'iz Respublikasining "Kant" jamoalari bilan kuch sinashdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi.


Reglamentga muvofiq guruhda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar finalda kuch sinashishlari kerak edi.
Finalda SQB parket egalari Xo'jandning "Sipar" klubi bilan ro'baro' keldi. Asabiy tarzda o'tgan uchrashuvda jamoa 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar