De Zerbini bo'shatish narxi - 61 million evro!

Sherzod Nurmatov
17 sen 2026, 14:25
Agar "Tottenxem" hoziroq Roberto De Zerbi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilsa, rekord darajadagi kompensaciyaga duch kelishi mumkin.

Italiyalik mutaxassis 5 yillik bitimga ko'ra, yiliga 14 mln evro maosh oladi. Premer-liganing 4 turidan so'ng "shporlar" 17-o'rinda bormoqda, kuni kecha esa jamoa Liga Kubogini ham tark etdi.

Iste'fo yuz bergan taqdirda, De Zerbiga to'lanadigan tovon puli 61 mln evroni tashkil etishi mumkin - bu ehtimol futbol tarixidagi eng katta kompensaciya bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: britball.net