Rafinya Yamalni "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2026, 16:30
"Barselona" vingeri Rafinya Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida "Rasing" ustidan qozonilgan g'alabadan (7:2) so'ng jamoadoshi Lamin Yamal u uchun "Oltin to'p" sohibi ekanligini ta'kidladi.

"Sen fenomensan. Men uchun “Oltin to'p” sohibisan", – deb yozdi Rafinya ispaniyalik futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan izohida.

8 sentyabr kuni “France Football” jurnali 2026 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.

"Barselona" 6 ta uchrashuvda 6 ta g'alaba qayd etib, 18 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Rasing" esa 7 ochko bilan 10-pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football