Indoneziya terma jamoasi futbolchilariga Xitoy ustidan qozonilgan g'alaba uchun Rolex soatlari sovg'a qilindi
08 iyu 15:10
Yangiliklar


Indoneziya terma jamoasi futbolchilariga Xitoy ustidan qozonilgan g'alaba uchun Rolex soatlari sovg'a qilindi
Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Xitoy ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng terma jamoaning barcha futbolchilariga Rolex GMT-Master II soatini sovg'a qildi.
Manbaga ko'ra, bunday soatlar taxminan 193 million indoneziya rupiyasi (150 million so'm atrofida) turadi.
Indoneziya terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi C guruhida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va keyingi bosqichga yo'llanmani kafolatladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar