So’nggi yangiliklar

16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  4 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   1 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  7 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  2 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  5 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  21 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  10 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11

“Everton” bilan muzokaralar ketmoqda, Niderlandiya va Germaniyada malaka oshirmoqchiman, totalizatordan tushadigan harom pul bizga kerak emas” – “Oq-tepa” klubi rahbari Alisher SHog'ulomov bilan intervyu Yangiliklar

“Everton” bilan muzokaralar ketmoqda, Niderlandiya va Germaniyada malaka oshirmoqchiman, totalizatordan tushadigan harom pul bizga kerak emas” – “Oq-tepa” klubi rahbari Alisher SHog'ulomov bilan intervyu

Pro liga ishtirokchisi bo'lgan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi yurtimizda o'z o'rniga ega klublardan biri sanaladi.

Infratuzilma, klubdagi sharoitlar, akademiya borasida ham Superliga jamoalaridan qolishmaydi. Mamlakatimizda hususiy klub sifatida mana 20 yildirki barqaror faoliyat yuritib kelmoqda. Garchi o'tgan davr mobaynida hali elitaga chiqmagan bo'lsada Superliga jamoalariga ko'plab iqtidorli yosh futbolchilarni tarbiyalab bermoqda. 

Har tomonlama proffessionalikka intilayotgan klub joriy mavsumda akademiyadan etishib chiqayotgan yoshlar bilan Superligaga yo'llanma olishni maqsad qilmoqda. Xo'sh, klub Superligaga chiqishga qay darajada tayyor? Biz bu borada bugungi kunda “Oq-tepa” klubi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan, sobiq futbolchi Alisher SHog'ulomovni suhbatga chorladik. 

- Futbolchilik faoliyatingizni bu qadar erta yakunlashingizni sababi nimada? 

- Futbolga bolaligimdan qiziqaman. Oilamiz ham futbolga bog'liq. Otam ham yoshliklarida futbolchi bo'lganlar, sharoit bo'lmagani uchun o'zlarini boshqa sohada sinab ko'rishga qaror qilganlar. Akam ham qisqa vaqt futbol o'ynagan bo'lsada yomon futbolchi bo'lmagan. Hammani orzusini men amalga oshirishni istagan edim. Futbolchilik faoliyatim yomon o'tmadi. Ko'p jamoalarda to'p tepdim, qaysidir mavsumlarni o'zim uchun yaxshi o'tkazdim deb o'ylayman. Birinchi ligada "NBU-Osiyo" jamoasida, o'sha mavsum ikkinchi davrasida “Lokomotiv” jamoasida Oliy ligada 13ta o'yinda 7 yoki 8ta gol urgandim. O'sha paytda fikrlashim hozirgidek bo'lganida yuqori darajada o'ynab keta olardim. Avvalambor har ish xudodan lekin bu ham bir sabab. Qaysidir jamoada xarakterim, qiziqqonligim pand berdi. Hayotga, dunyoga boshqacha ko'z bilan qarar edim. Ko'p narsalarni noto'g'ri qilganimni bilaman. Murabbiylar bilan urushib, hafa bo'lib ketib qolgan paytlarim ham bo'lgan. Futboldan boshqa narsalarga ham qiziqardim. Ko'chada yurishga, do'stlarim bilan aylanishlarga borishga berilib qolgandim. Hozirgi yosh futbolchilarga o'zimning hayotimni misol tariqasida aytib o'taman. Masalan, ko'p yosh futbolchilar Jahon chempionatida, turli xalqaro turnirlarda ishtirok etib qaytishmoqda. Mashinalar, mukofotlar berilmoqda. Omadini bersin, birovni cho'ntagidagi puli bilan ishim yo'q. Lekin, hamma narsani meyori yaxshi ekan. Futbolda mayda xato bo'lmaydi. Har bir mayda detalni tasiri seziladi. Masalan, o'zim kechasi bilan uxlamasdim va ertalab mashg'ulotga borardim. 17-18 yoshda bu narsa bilinmasligi mumkin. Ammo, 20 yoshdan o'tgach tasiri bo'larkan. Bularni tushunganimda kech bo'ldi. Faoliyatimni oxirgi mavsumida hamma narsadan voz kechib, kun tartibiga rioya qilib, jismoniy holatimni joyiga keltirdim. 

- O'tgan mavsum boshida “Lokomotiv” tarkibida Superkubok va OCHLda maydonga tushdingiz...

- Qishda Dubayga yig'in o'tkazish uchun jo'nab ketdik. U erda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida uchta gol urdim. Yaxshi sport formasiga tushib olgandim. Mana imkoniyat berildi, bundan buyon o'ynayman deb o'zimni ishontirdim. OCHLda safarda Qatarning “Al Rayyan” jamoasi bilan o'yinda 15 daqiqa qolganida Andrey Fyodorov maydonga tushirdi. Bitta vaziyatda gol urolmadim. Qaytdik, “Paxtakor” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Uchrashuvga beriladigan 18talik ro'yxatga meni kiritimadi. Bu qanchalik alam qilganini tasavvur qilavering. CHunki, fikrlashim, dunyo qarashim hammasi ijobiy tomonga o'zgargandi. O'ynashni gol urishni xohlardim. Ishtiyoq, shijoat kuchli edi. Hamma narsani yig'ishtirib bor etiborimni futbolga, mashg'ulotlarga qarayotgandim. Jamoadagi ko'p futbolchilardan kam joyim yo'qligini bilib turardim. SHundan so'ng taqdirga tan berdim, mendan futbolchi chiqmasligini tushunib etdim. Endi ayrim futbolchilar 30 yoshda ham ochilib ketadi. Biroq, bunga achinmayman. Futbolchi sifatida emas murabbiy sifatida foyda keltirishni maqul ko'rdim. Fyodorov esa meni o'ynatmaslikni lozim topdi.

Umuman olganda Fyodorovni kuchli murabbiy deb o'ylamayman. O'zbekistonda ishlagan jamoalarida biror narsaga erishmagan. “Neftchi”ni og'ir ahvolda qoldirib ketgan. “Lokomotiv”ga birinchi kelgan yili jamoada asosiy ishni Mirko Yelichichi qilardi. Tarkibdagi futbolchilar ham top darajada edi. SHuning hisobiga chempionlikni qo'lga kiritdi. CHempionlikda ko'proq Mirko Yelichichni hissasi katta bo'ldi. “Lokomotiv”dagi eng yaxshi mavsumim sifatida so'zsiz Abramov davrini eslagan bo'lardim. Vadim Karlenovich “Oq-tepa”dagi o'yinlarimni ko'rgani tez-tez kelib turardi. 2014 yil birinchi davrada 8ta o'yinda 10dan oshiq gol urdim. “Lokomotiv”ga futbol o'ynash uchun kelganman, pul uchun emas. Yoshligimdan pulga qiziqish katta bo'lmagan, uyimda sharoit yaxshi edi. Yoshligimdan o'zim ishlab pul topishga harakat qilganman. Buni ko'pchilik noto'g'ri tushunardi. Hujum chizig'ida raqobat juda kuchli edi. Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev, Farhod Tojiev, Ivan Nagaev. Debyut o'yinimda gol urganman. Abramov pasportga qaramaydi. O'zimni 17 yoshimda olimpiya terma jamoasiga jalb qilgan. Lutfulla To'raev yoshi katta lekin “Bunyodkor”da katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Abramovni haqiqiy psixolog deya olaman, u futbolchilarni qanday ruhlantirishni biladi. OCHLda "Al Xilol" bilan o'yindan oldin raqib tarkibidagi greciyalik Samarasdan qo'rqmaslikni, ulardan kuchli ekanligimizni tushuntirgandi. 

- Murabbiylikka qadam qo'ymoqdasiz. Bugungi zamonaviy futbol yosh murabbiylardan nimani talab qilmoqda?

- Burnimni operaciya qildirganimdan keyin etti oy futbol o'ynash mumkin emasdi. SHundan so'ng butsalarimni mixga ildim. To'g'risini aytsam yoshligimdan murabbiylarning ishini diqqat bilan kuzatib kelardim, daftar olib yozib borardim. Mashg'ulotlarni uslublarni, taktikalarni sxemalarni asosan Mirko Yelichichdan o'rganganman. Uning ish yuritishiga qiziqardim. Evropalik ekanligi bilinib turardi. O'zbekistonlik futbolchilarning mentaliteti qanday, mashg'ulotga chiqishadi, vaqt o'tkazish uchun mashg'ulotga borishadi. Har bir mashg'ulotni 100 foiz qilish kerak. Mirko bizga shuni o'rgatardi. Uning boshqaruvidagi jamoada har bir futbolchi hatto zaxira o'yinchisi ham yuqori sport formasida bo'lardi. Vaqti bo'lganda ko'p gaplashib turardim. “Oq-tepa”ni o'yinlariga kelib kuzatib xatolarni kamchiliklarni ko'ra bilvomman. O'tgan mavsumda jamoada Yaroslav Krushelnickiy ishladi. Ko'p eski davr murabbiylarini olib qarasak, misol tariqasida Edgar Gess faqat yugurtirardi, to'p bilan ishlatmasdi. Faqat yugurish yoki faqat jismoniy tayyorgarlikka etibor berish bugungi zamonaviy futbolga to'g'ri kelmaydi. Pep Gvardiola, Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoalarning o'yinlarini tomosha qilaman. Har bir murabbiyning o'z uslubi bo'lishi kerak. O'zbekistondan Mirjalol Qosimov, Baxtiyor Ashurmatov, Vadim Abramovlar bilan ko'p gaplashaman. Abramov haqiqiy psixolog. Qosimov har tomonlama kuchli mutaxassis. Ashurmatovda ishtiyoq kuchli. 

- Suhbatimizni “Oq-tepa” klubi haqida davom ettirsak. Bilamiz, klub hususiy, davlat byudjetiga qaram emas. Unda klubni kim moliyalashtiradi? Homiy kim?

- Katta bo'lmagan zavod fabrikamiz bor. O'sha klubni moliyalashtiradi. Katta homiylarimiz yo'q. Jamoa o'zini o'zi boqadi. Ko'pchilik shu vaqtgacha klubni qanday qilib barqaror holda faoliyat olib borayotgani qiziqtiradi. Otam G'anisher SHog'ulomov futbolni yaxshi ko'radilar, mana shu klub orqali ko'p yosh futbolchilarga yoramlarini berib kelmoqdalar. Futbolni fidoyisilar desam yanglishmagan bo'laman. Terma jamoa mag'lubiyatga uchrasa hech kim bilan gaplashmaydilar. Superligada ham “Bunyodkor”, “Qizilqum”, AGMK jamoalariga befarq emaslar. Futbolga katta foyda keltirayotgan bunday insonlarni qadrlash kerak deb o'ylayman. Superligada o'ynayotgan ko'p futbolchilarga yordam qo'lini cho'zganlar. Otam bo'lgani uchun emas umuman futbolni rivojiga hissa qo'shayotgan insonlardan ko'proq narsa o'rganishimiz kerak. Masalan, eshitishimga qaraganda Qo'qonda ham Mansur aka degan futbolni fidoyisi ishlamoqda. “Turon”da ham rahbarlari jiddiy etibor qaratmoqda. Hususiy klublarga imkoniyat yaratib berish lozim. Jamoamizda to'p tepayotgan futbolchilarning terma jamoadan chaqiruv olishi bizning asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Bu yil ham ozgina to'g'ri o'ynni yo'lga qo'ydik, futbolchilarga imkon berdik natijada olti nafar o'yinchimiz Superliga jamoalariga yo'l oldi. 

- “Oq-tepa” klubining bugungi kunda yuritayotgan siyosati qanday?

- Birinchi galda akademiyamizga ko'p etibor qaratmoqdamiz. Butsalarini mixga ilgan futbolchilarni murabbiy sifatida akademiyamizga taklif qilamiz, murabbiylikka o'qitamiz. O'zimizning uslubimiz bo'yicha, yani pas bilan, to'pni nazorat qilgan holda, tezkor pressing uyushtirish. SHu uslub ostida yoshlarni tarbiyalamoqichimiz. 

- Klub Superligaga chiqishga qay darajada tayyor? Ko'rib turibmiz klub o'z bazasiga ega, futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Akademiya faoliyati yomon emas...

- 2015 yilgi mavsumda Oliy ligaga chiqishga juda yaqin kelgan edik. O'shanda jamoamiz Oliy ligaga o'tish o'yinida “Sug'diyona”ga mag'lub bo'lgandi . Katta pullar evaziga futbolchi taklif qilmaymiz. Jamoamizda yulduz futbolchilar yo'q. Biz yoshlarni tarbiyalab, akademiyamiz tarbiyalanuvchilari bilan Superligaga chiqishni maqsad qilganmiz. “Mashal” ham o'tgan mavsumda o'z tarbiyalanuvchilari bilan Superligaga yo'llanma oldi. Hozir ham tarkibini 60 foizini o'zidan chiqqan futbolchilar tashkil qilmoqda. Muborakda bu narsa bir necha yillardan beri bor. Men ham baribir shu ishni amalga oshirishga harakat qilaman. Nasib qilsa bu yil, bo'lmasa keyingi yil. Superligaga har tomonlama tayyor bo'lib chiqish kerak. 11ta yangi futbolchini olib kelib, yana shuncha futbolchini ketkazib nima keragi bor? Bu ish hammani qo'lidan keladi. Superligaga chiqib barcha futbolchilarni haydab yuborib boshqa futbolchilarni olib kelib o'ynash to'g'ri bo'lmaydi. Yangi kelgan o'yinchilarga yana shuni boshidan tushuntirmaysizku. Futbol rivojlangan sari homiylar, hamkorlar ham ko'payib bormoqda. Joriy mavsumda Pro liga bahslarini translyaciya qilinishi o'zbek futbolini oldinga siljishiga sabab bo'lmoqda. Futbolchilar otam, onam tomosha qiladi deb ikki hissa kuch bilan o'ynaydi. Buni kim o'ylab topgan bo'lsa ham o'sha odamdan minnatdorman. Pro liga o'yinlari juda ham qiziqarli bo'lmoqda. Superligani darajasidan qolishmayapti. Biz hech qaysi jamoadan qo'rqmaymiz. O'yinimz yomon chiqmayapti. Barqarorlik yo'qligini sababi yosh futbolchilarimizni ko'pligi. Bitta o'yinda yaxshi o'ynasa, ikkinchi o'yinda harakati o'xshamaydi. Bu mavsumda 16-17 yosh yigitlar asosiy tarkibda debyut qilishdi. 

- “Oq-tepa” shu kungacha qaysi futbolchilarning transferlaridan qancha mablag' ishlay oldi?

- Yashirishni xojati yo'q. Klubga kelgunimga qadar futbolchilar o'sishi uchun ham Superliga klublariga tekinga berib yuborilgan paytlar bo'lgan. SHahzod Nurmatov, Nikita Pavlenko, Farhod Mirahmatov va hokazo. Aleksandr Mochinov ham shu jamoada murabbiylikni boshlagan. Bu klubdagilarni maqsadi pul ishlash emas. Ular uchun futbolchini o'sishi muhim. Lekin, jamoa boshqaruviga kelganimdan beri transferlar ustida ish olib bormoqdamiz. Bu narsani endi endi yo'lga qo'ymoqchimiz. Bitta do'stim “Everton”da ishlaydi, u bilan muzokaralar olib boryapmiz. Futbolchilarimiz uchun Evropaga yo'l ochishni maqsad qilganmiz. Bu homhayol narsa emas. Bilsangiz o'zbekistonlik futbolchilar hech kimdan kam emas. 

- Ushbu mavsumda jamoada bir nechta afrikalik futbolchilar to'p tepishmoqda. Tomiva, Opeks, Mikanda...Ularni jamoaga olib kelishdan ko'zlangan maqsad nima? Yoki bu ham jamoaga qo'shimcha mablag' keltirishni bir yo'limi?

- Oxirgi yillarda O'zbekistonda juda ko'p legionerlar o'ynab ketishdi. Aksariyatini darajasini o'zimizning mahalliy futbolchilarnikidan ham past. Yaxshi saviyadagi xorijlik futbolchilar ham yo'q emas. Biroq, ular sanoqligina. “Paxtakor”da o'ynayotgan CHeran, AGMKdagi Grigalashvili, Jokich, Amanov. O'zimni shaxsiy fikrim Sergeev Eren Derdiyokdan kuchli deb o'ylayman. U ham o'z vaqtida zo'r o'ynagan bo'lishi mumkin. Buni muxlislar ham ko'rib farqni sezmoqda. CHeranga qarab yoshlar ham intiladi, o'sishga erishadi. Jamoamizdagi legionerlarga keladigan bo'lsak, aslida legioner o'ynatish maqsadimiz yo'q edi. O'rtoqlik uchrashuvlarining birida Tomivaning harakatlariga ko'zim tushib qoldi. O'zining faolligi bilan ajralib turdi, to'p bilan muomalasi, individual maxorati maqul keldi. So'ng uning agenti bilan gaplashdik. Tomiva 12 nafar do'sti bilan ikki xonalik uyda yashayotganini aytdi, sharoitini tushuntirdi. U payt ikkinchi davra endigina boshlangani sabab jamoaga qo'shib ololmadik. Jamoaga keldi, bazadan joy ajratdik. Mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Uni tushkunlikdan olib chiqdik. O'rtoqlik uchrashuvlarida gollar urdi. Qishda uni olib qolishga qaror qildik. CHempionat va kubok o'yinlarida 5-6ta gol urdi. Yaxshi sport formasiga kirgan payt pandemiya sabab chempionat to'xtab qoldi, boz ustiga jarohat ham oldi. Elkasi chiqib ketdi. Tomivaga takliflar kelib tushdi, uni Superliga jamoalaridan biriga berishni maqsad qildik. Bu o'sishi uchun ham, moliyaviy tomondan ham yaxshi edi. CHunki, u yashayotgan mamlakatda vaziyat qandayligini yaxshi bilasiz, uni o'zi kambag'al oiladan. Tomiva ko'proq pas bilan o'ynashga va to'p bilan muomala qiladigan uslubga moslashganligi uchun uni “Bunyodkor”ga berishni istagandim. Bordik, gaplashdik. O'tishga juda yaqin kelgandi. Bilishimcha “Bunyodkor”da muammolar etarlicha, rahbariyat o'zgargan, moliyaviy muammolar bor. SHu payt “Qizilqum” jamoasidan taklif kelib tushdi va ijara asosida uni qo'yib yubordik. Samuel Opeksni agentlar taklif qilishdi. Bizga 30 yoshlik legioner kerak emas. O'zimizning yosh futbolchilarga raqobatchi sifatida legioner olib kelyapmiz. 

- Eshitishimizga qaraganda malaka oshirish maqsadida Niderlandiyaning “Ayaks” klubiga borishni reja qilayotgan ekansiz...

- Klubimizda Farrux degan menejerimiz bor. Hozirda shu masala ustida ish olib bormoqda. Yaqinda bir nechta xodimlarimiz malaka oshirgani ketishadi. Menejment, marketing sohasida malakalarini oshirishadi. Tez kunlarda murabbiylik licenziyalariga o'qishni boshlayman. Qishda nasib qilsa Niderlandiyada malaka oshirib kelishni maqsad qilganman. Hozirgi kunda niderland futboli, akademiyasi jahonda etakchi o'rinlarda turadi. So'ng Germaniya, Ispaniya, Angliya mamlakatlarida ham malaka oshirishga harakat qilaman. 

- Yaroslav Krushelnickiy kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani sabab chetlatilgandi. Umuman Pro ligada kelishilgan o'yinlar haqida xalq orasida har xil gaplar yuradi...

- Krushelnickiy yaxshi futbolchi bo'lgan. Lekin, nima sababdan bunday ishga qo'l urganini bilmadim. “Dinamo” bilan o'yindan keyin saytdagi muxlislarning izohlarini qiziqib o'qib chiqdim. Men haqimda totalizator yoki kelishilgan o'yinlarga bog'liqligim borasida gaplarni yozishgan. To'g'risi ajablandim va jahlim ham chiqdi. Men hayotda unday ish qilmaganman va qilmayman ham. Xudoni tanigan insonman, bu harom pullar kerak emas. Ayrim muxlislarni fikrlash doirasi buzulib ketgan. Hammasi ham emas. SHu saytlarda negativ fikrlarni yozayotganlar maydonga chiqib yugurib ko'rsin, futbolchiga nimadir tushuntirib bersin. O'zim “Navbahor” muxlislarini hurmat qilaman. O'zbekiston terma jamoasi Namanganda o'ynasa qanday futbol muhiti yuzaga kelishini o'ylab ko'ring. Kelishilgan o'yin, totalizator menga qiziq emas, undan tushadigan harom pul ham kerakmas. Bu futbolimizni ortga tortadigan narsa hisoblanadi. SHubha qilayotganlar kelib o'yinimizni ko'rishsin. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика