So’nggi yangiliklar

02:00"Интер" президенти А Серия даражасини баҳолади  1 01:29Бундеслига. "Бавария" йирик ғалаба қайд этди, Харри Кейн мавсумдаги 10-голини урди  1 01:10Энцо Мареска: "Дарвозабонлар бўйича муаммо йўқ"  2 00:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" Мане ва Роналдунинг голлари эвазига "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  14 00:33"Ливерпуль" Кьеза борасидаги қарорини ўзгартирди  1 00:14"Барселона"нинг икки футболчиси қанча муддатга сафдан чиққани аниқ бўлди  3 23:48Руни Экитике ҳақида: "Аҳмоқона ҳаракат. ВАР замонида голни текширувдан кейин нишонлаш керак"  2 23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  3 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  5 22:43Расман: "Манчестер Сити" Нико О'Райли билан шартномани узайтирди  1 22:19“Андижон” – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият бўйича изоҳ  9 21:58Миржалол Қосимов: "Мағлубиятга лойиқ ўйин кўрсатмадик"  4 21:37Мирко Йеличич: "Натижадан мамнунман, аммо ўйинимизни яхшилашимиз керак"  0 21:20Неъматулла Қуттибоев: "Ҳали ҳеч ким ҳеч нарса йўқотмади. Кураш сўнгги тургача давом этади"  0 20:59Суперлига. "Андижон" ўз майдонида ОКМКдан устун келди  49

Vadim Abramov: "O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish"

O'zbekiston Kubogi 1/2 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Golsiz o'yin bo'lgan bo'lsa ham muxlislar uchun qiziqarli o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimizda pasayish kuzatildi. Keyin esa klass o'z so'zini aytdi. "Paxtakor" penaltilar seriyasini yaxshiroq ijro etdi, biz esa "lotereya"da xato qildik. Yigitlardan minnatdorman ular kuchli raqibga qarshi kurashishdi va borini berishdi. Futbol shunday o'yin. Bugungi natija shunday bo'lishi kerak ekan"  - dedi Vadim Abramov uchrashuvidan yakunlanganidan so'ng.

- Jamoangiz finalga bir qadam qolganida mag'lub bo'lgani sizni xafa qilishi aniq. Biroq "Paxtakor" tarkib jihatdan va ko'plab boshqa faktorlar bo'yicha "Dinamo"dan ustun edi. "Paxtakor" chempionatda deyarli barcha imkoniyatlarini yo'qotdi va bor etiborini Kubok bahslariga qaratdi. Bugungi uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. O'yin shunchalik cho'zilgani, bugun "Dinamo" munosib o'yin namoyish etgani va oxirigacha kurashganini anglatadi. Jamoangiz faqatgina penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgani biroz bo'lsa ham mag'lubiyat alami hissini kamaytira oldimi? Masalan, "Dinamo" bugun asosiy vaqtda mag'lub bo'lsa ham, ushbu voqeylik sensaciya deya qabul qilinmas edi. "Paxtakor" baribir favorit edi....

- Bu haqda gapirish qiyin. Misol uchun, asosiy vaqt yoki ekstra taymlarda mag'lub bo'lganimizda ham ahamiyati yo'q edi. 11 metrlik zarbalar seriyasida mag'lub bo'ldik, ammo bu natijamiz uchun medal berishmaydi. Barchasi unutiladi, kelajakda esa tarixda "Paxtakor" "Dinamo"ni yarim finalda mag'lub etgan deyiladi va bo'ldi. O'yin ham unutilib ketadi. O'tgan mavsum Kubok bahslarining birortasida mag'lub bo'lmadik, lekin musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladik. Joriy mavsumda esa asosiy vaqtda engilganimiz yo'q. Biroq finalda emasmiz. Afsuski hayot shunday. Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishimiz va davom etishimiz kerak. Superliga o'yinlari oldinda, yo'qotilgan ochkolar bo'yicha etakchilardan birimiz. Umuman olganda, joriy mavsum "Paxtakor"ga asosiy vaqtda mag'lub bo'lmadik. Muxlislarimiz ranjishganidan xabardorman. Ularni ham tushunaman.

- "Dinamo" ketma-ket ikkita o'ta muhim o'yinda mag'lub bo'ldik. Endi jamoani ruhlantirish qiyin bo'lsa kerak? Ruhiy holat ancha yomonlashib ketishi mumkin. Lekin taqvim bo'yicha keyingi raqiblar unchalik kuchli emas...

- Men bunday demagan bo'lardim. Har bir raqibga siz aytganingizdek yondashuv qilsak, mavsum biz uchun omadsiz o'tayotgan bo'lardi. To'g'ri yondashuv qilish kerak. Professionalizm ham shunday vaziyatlarda seziladi. Oldinda 9ta o'yinimiz bor. Qolgan jamoalarda esa 8ta uchrashuv qolgan. Biz hali kurashdamiz va davom etishimiz kerak. Hammasi o'zimizga bog'liq va hali hammasi oldinda.

- O'tgan mavsum yakunida, yani so'nggi 5-6 uchrashuvda "Dinamo" ketma-ket mag'lub bo'lgandi va mavsum yakunini omadsiz o'tkazgan edi. Bugun jamoa Kubokdagi ishtirokini yakunladi. O'tgan mavsum so'ngidagi "omadsiz" scenariy takrorlanmasligi uchun nimalar qilishini kerak deb o'ylaysiz?

- O'tgan mavsum yakunida medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'lgandik va ligani tark etish xavfi yo'q edi. O'rtada bo'lib qolganimiz uchun shunday holat kuzatilgan edi. Shuningdek, bu yil jamoa o'tgan mavsumdagidan ko'ra kuchliroq deb o'ylayman.

- Penaltilar seriyasi o'zbek futboli uchun muammoga aylanib qoldi. Terma jamoamiz ham so'nggi katta musobaqani seriyadagi mag'lubiyat tufayli tark etdi. "Dinamo" penaltilarni mashq qilganmidi? Ikkinchidan, Hojimirzaev jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri. Gol urish u juda sovuqqon, ammo seriyadagi imkoniyatidan foydalana olmadi. Hojimirzaevdan tashqari boshqa o'zbek futbolchilari ham penaltidan unumli foydalana olishmayapti. Bu salbiy tendenciyaning sababi nimada?

- Marko ham gol ura olmadi. U o'zbek emas. Penalti shunday narsa, har qanday futbolchi gol ura olmasligi mumkin. O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish. Katta bosim. Hakamlar va futbolchilar bosim tufayli xato qilishadi. Bunday vaziyatda bosim judda katta bo'ladi. Men mashg'ulotlarda o'nta zarbadan o'ntasi golga aylantirishim, maydondagi imkoniyatdan ham unumli foydalana olaman degani emas. Marko har doim gol urib kelgan, "Nasaf"ga qarshi o'yinda "panenka" zarbasini ijro etgandi. Ratino ham "Navbahor"ga o'yinda gol ura olmagandi. Agar penaltidan gol ura olganimizda ochkolarimiz soni ko'proq bo'lgan bo'lar edi. Bugun ham shunday bo'ldi, afsuski.

Reyting: +4   

Fikrlar

+6   
26 sen 00:26:06
Google User
Абд foydalanuvchining fikriga javob berish
Meni nimaga jahlim chiqadi, achinaman, bilasizlarmi???? Har yili bir- ikkita Vatanimizdagi "kuchli" jamoalari g'olib bo'ladi va har doim xalqaro maydonlarda shalvirab qolaverishadi, afsus... Shu jumlasan "Nasaf" ham... Juda bo'lsa, guruhdan chiqishadi, xolos... Tez- tez yangi jamoalar "Andijon" kabi chiqib turishsa, yaxshi bo'lardi... Agar "Paxtakor" kubok orqali OChLga chiqsayam, kelasi yilga OChL yarim finaligacha bora olishiga aqlim yetmaydi... Chunki kamida 20 marotaba ishtirok etgan va har bahorda shu bo'lar takror, deb qolaveramiz... Buxoro, Samarqand, Jizzax, Termiz, Nukus, Xorazm, Navoiy, Qo'qon, kubok olganini ko'rish boshqacha-de baribir... Bu yerlarda xalqaro futbol havosi ham boshqacha bo'lsa kerak?!... "Paxtakor"ga xusumatim yo'q, o'yinlarini sobiq SSSR chempionatidan buyon kuzatib kelaman
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
+5   
26 sen 00:51:16
Google User
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Қўлидан келса 1-ўринни олсин, дебсиз. Лекин, 1-2-3-ўринларга чиқишига йўл қўйишмаяптику вилоятнинг жуда кўплаб жамоаларини?!
Avval shunaqa edi. Ohirgi 3-5 yildan futbol ancha o'zgardi, xalq norozi bo'laverganidan keyin, ko'p hakamlar ishdan ketdi, xalqni fikriga e'tibor beriladigan bo'lib qoldi. Avval umuman hech kim qaramasdi. Hozir kuchli bo'lsangiz sizni hech kim to'xtata olmaydi. Dinamo yarim finalgacha keldi, Buxoro finalga chiqdi, Andijon kubokni yutdi, Nasaf chempion bo'ldi... Avvallari bunaqa bo'lmagan. Qizig'i chempionat hali tugamadi, hech kimga chempionlik kadastrlanmagan, 7-8 o'yin bor, tepadagi 4 ta jamoani eng kuchlisi yutib ketadi. Avval unaqamasdi
+1   
26 sen 09:02:02
Фарход
Динамо Пахтакор га карши яхши уйнади, судья масаласига келсак уйин бошида хатолар килди, сунг нормально хакамлик килди . Реал караш керак дустлар, галаба ва маглубият ёнма-ён юради. Пахтакор бу барбирам Пахтакор. ДИНАМО САМАРКАНД ЖАМОАСИГА СУПЕР-ЛИГА КОЛГАН УЙИНЛАРИГА ФАКАТ ГАЛАБАЛАР ГА ЭРИШИБ МЕДАЛЛАР ДАН БИРИГА САЗОВОР БУЛИШИНИ ТИЛАБ КОЛАМАН.
+1   
26 sen 00:50:47
Абд
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
Undan battar natija qilsayam, za to beti toshday qotib ketmaydi. Kuchli jamoalarimiz xalqaro maydonlarda, 30 yildan oshibdiki, tajriba to'plab, maktab sabog'ini olish bilan band... Gapingiz to'g'ri, bu gapni bir paytlar tajribali murabbiyimiz aytgandi, borimiz shu, deb...
+1   
26 sen 00:44:18
Google User
Dinamo bugun juda yaxshi o'ynadi, faqat o'yin oxirida 3-4 taymlarda charchab qoldi, rostdan kuchi yetmaydi qoldi. Abramov molodetz, penalti tepa olmagan furbolchilarini himoya qildi, baribir u professional murabbiy
+1   
26 sen 00:38:49
REAL MADRID
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
Қўлидан келса 1-ўринни олсин, дебсиз. Лекин, 1-2-3-ўринларга чиқишига йўл қўйишмаяптику вилоятнинг жуда кўплаб жамоаларини?!
   
26 sen 18:29:22
Google User
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Мени кимлигини билгунча. Насафни таркибини яхшилаб ўрганинг. 2017 йили Станоевични қаёққа тортишади. Аҳир у 2020 йили насафга келиб қўшилган бўлса. Мен ёзган маълумотлар айнан мана шу сайтда чиққанди. Ўзийиз ишонмайдиган эртакни ўқийизда. Яна мени гапларимни эртак деганийизга хайронман. Яхшилаб эсланг. 2016 да насафни футболчилари жамоани тарк эта бошлашди. 2017 йили мавсум оралиғида жамоани асосий таркиби ёппасисига насафни тарк этиб бўлганди. Насаф ўша йили мавсумни иккинчи яримида. Таркибни тўлиқ академия ёшлари ҳисобига тўлдирди. Диёрни кўп ёмонлайсилар. Диёр бир эмас бир нечи марта насафга ёрдам қилган. Шулардан яна бири. Насаф раҳбарияти ҳужжатларни вақтида ОФКга топширмаганлари учун. Ўша йили ОЧЛ плей оффда насафни ўрнига ОФК АГМКга руҳсат берди. Диёр ОФК билан музокара олиб боргандан кейин. ОФК : агар АГМК ОЧЛси плей оффидан ўтаолсагина. Насафга ОФК кубогида иштирок этишига руҳсат бериладиган бўлди. Сиз олдин ҳаёлийизни бир жойга жамлаб олинг. Ана ундан кейин менга жавоб ёзсайиз бўлади!
Bahslashishni yaxshi ko'radigan ikki tomonga o'ynaydigan qari tulkiligingni va haqiqatni bilib turib tan olmaydigan eshakdek qaysarligingni juda yaxshi bilaman. Nasafga anchadan beri tish qayrashardi. Avval Nasaf 2017 da 2-o'rinni oldi, shunda 2018 da Nasafga birinchi marta xarajatlar kesildi. Shunda Cheran Paxtakorga ketdi. Boshqalar 2019-2020 da ketdi. Nasaf 2020 yilda yana 2-o'rinni oldi. 2021 yilda xarajatlar yana to'xtatildi. Xalq norozi bo'ldi. Lekin asosiy o'yinchilar ketib bolgan edi. Berdiev qolgan yosh bolalar bilan OFKda finalgacha bordi va O'zbekiston kubogini yutdi. Diyor balkim yordam qilgandir, bizga u qorong'u, yordam bergan bo'lsa Alloh unga ajrini bersin, lekin u katta kitlar oldida hech kimmas edi. Nasafni hujjati nimaga topshirilmaganini bilmaymiz, bunga Nasaf sport direktori va PFL javobgar edi. O'sha paytdagi sport direktori Sergey Kucherenko savolga javob bermadi. Shu sabab Nasaf OCHLdan qolib ketdi, o'rniga AGMK o'ynadi va ikkalasi joy almashdi. Mana hozir Superligadan birorta hujjat qolmaydi, o'sha payt Nasafniki nimaga "qolib ketgan", buni qachondir bilamiz. Nasaf OFK da finalga chiqib yana bir marta zo'rligini isbotladi. San Nasaf haqida umuman gapirma, odamlarni chalg'itvoryapsan. Balkim ataylab shunday qilayotgandirsan. Nasaf yutsa yo'q bo'p qolasan, har doim Berdievni yomonlaysan, g'alamisliging bizga ma'lum
   
26 sen 17:30:56
Бахтиёр Ашуров
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu ertakka o'ziz ham ishonmasangiz kerak. Ming bor xaspo'shlamang, baribir odamlar haqiqatni biladi. Nuriddin Zayniev qazo qilganidan so'ng Nasaf rahbarsiz qoldi. Yangi boylar paydo bo'lganidan so'ng, Nasafni bo'laklab sotmoqchi bo'lishdi va o'zini jamoasini yanada kuchliroq qilmoqchi bo'lishdi. Sponsorga bosim uyushtiridi, smeta tasdiqlanmadi (lekin boshqalarni smetasini tasdiqlangan edi), undan keyin yaxshi o'yinchilari boshqa jamoalarga o'tib ketdi yoki umuman Superligani tashlab ketishdi, qolgan yoshlari hech qaerga ketmay shartnomasiz ancha kutishdi, shu jumladan Ro'ziqul Berdiev va Marko Stanoevich ham (uni kalxatkar rosa o'ziga chaqirishdi, u bormadi). Keyin xalq noroziligini rahbariyat ko'rganidan so'ng, PFL mi Diyormi boshqasimi harakatga tushishdi va saqlab qolindi. Nasaf Osiyo Kubogi finaligacha borganidan so'ng, tinch qo'yishdi. Shuning uchun Nasaf va Berdiev har qanday hurmatga loyiq va sizga Nasaf haqida gapirish shart emas, sizni kimligizni yaxshi bilamiz

26 sen 17:07:33
Google User
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Шўртангаз ҳомийликдан бош тортишганди. Насаф раҳбарлари жамоани банкрот - деб элоън қилишмоқчи бўлиб туришганида. Диёр ва ПФЛ аралашуви билан Шўртангаз қайта жамоага бириктирлилганди!

26 sen 13:38:56
Бахтиёр Ашуров
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
To'g'ri, bo'lishi mumkin. 1-2 yillar oldin Navbahorga, Neftchiga, So'g'diyonaga, Buxoroga nisbatan nohaqliklar bo'lgan, undan oldin sal qolgan Nasafni tugatvorishmoqchiydi, xalq norozi bo'lib chiqdi, keyin bu to'siqlar kamaydi. Dinamo o'tgan yilidan beri zo'r o'ynayapti, hali yangi jamoa, shunga hakamlar bee'tibor bo'lishayotgan bo'lishi mumkin. Dinamoda Anvardan boshqa yaxshi hujumchi yo'q. Behruz Oblaqulov bilan Firdavs Abdurahmonov noto'g'ri tepadi. Anvar Hojimirzaev yopilsa bo'ldi, Dinamoni hujumi to'xtaydi. Buni raqiblar ham bilib qoldi. Dinamoga 2 ta Kojoga o'xshagan yaxshi hujumchi kerak, shunda uni hech qanday raqib yoki hakam to'xtata olmaydi

26 sen 01:27:10
Google User
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Динамога нисбатан бу йил жуда кўп ноҳақликлар бўляпти. Соврин ютгани қўйишмаяпти очкўзлар!
To'g'ri, bo'lishi mumkin. 1-2 yillar oldin Navbahorga, Neftchiga, So'g'diyonaga, Buxoroga nisbatan nohaqliklar bo'lgan, undan oldin sal qolgan Nasafni tugatvorishmoqchiydi, xalq norozi bo'lib chiqdi, keyin bu to'siqlar kamaydi. Dinamo o'tgan yilidan beri zo'r o'ynayapti, hali yangi jamoa, shunga hakamlar bee'tibor bo'lishayotgan bo'lishi mumkin. Dinamoda Anvardan boshqa yaxshi hujumchi yo'q. Behruz Oblaqulov bilan Firdavs Abdurahmonov noto'g'ri tepadi. Anvar Hojimirzaev yopilsa bo'ldi, Dinamoni hujumi to'xtaydi. Buni raqiblar ham bilib qoldi. Dinamoga 2 ta Kojoga o'xshagan yaxshi hujumchi kerak, shunda uni hech qanday raqib yoki hakam to'xtata olmaydi
   
26 sen 00:58:27
REAL MADRID
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Avval shunaqa edi. Ohirgi 3-5 yildan futbol ancha o'zgardi, xalq norozi bo'laverganidan keyin, ko'p hakamlar ishdan ketdi, xalqni fikriga e'tibor beriladigan bo'lib qoldi. Avval umuman hech kim qaramasdi. Hozir kuchli bo'lsangiz sizni hech kim to'xtata olmaydi. Dinamo yarim finalgacha keldi, Buxoro finalga chiqdi, Andijon kubokni yutdi, Nasaf chempion bo'ldi... Avvallari bunaqa bo'lmagan. Qizig'i chempionat hali tugamadi, hech kimga chempionlik kadastrlanmagan, 7-8 o'yin bor, tepadagi 4 ta jamoani eng kuchlisi yutib ketadi. Avval unaqamasdi
Динамога нисбатан бу йил жуда кўп ноҳақликлар бўляпти. Соврин ютгани қўйишмаяпти очкўзлар!
   
26 sen 00:18:07
Абд
Meni nimaga jahlim chiqadi, achinaman, bilasizlarmi???? Har yili bir- ikkita Vatanimizdagi "kuchli" jamoalari g'olib bo'ladi va har doim xalqaro maydonlarda shalvirab qolaverishadi, afsus... Shu jumlasan "Nasaf" ham... Juda bo'lsa, guruhdan chiqishadi, xolos... Tez- tez yangi jamoalar "Andijon" kabi chiqib turishsa, yaxshi bo'lardi... Agar "Paxtakor" kubok orqali OChLga chiqsayam, kelasi yilga OChL yarim finaligacha bora olishiga aqlim yetmaydi... Chunki kamida 20 marotaba ishtirok etgan va har bahorda shu bo'lar takror, deb qolaveramiz... Buxoro, Samarqand, Jizzax, Termiz, Nukus, Xorazm, Navoiy, Qo'qon, kubok olganini ko'rish boshqacha-de baribir... Bu yerlarda xalqaro futbol havosi ham boshqacha bo'lsa kerak?!... "Paxtakor"ga xusumatim yo'q, o'yinlarini sobiq SSSR chempionatidan buyon kuzatib kelaman
-1   
26 sen 18:36:10
Бахтиёр Ашуров
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Bahslashishni yaxshi ko'radigan ikki tomonga o'ynaydigan qari tulkiligingni va haqiqatni bilib turib tan olmaydigan eshakdek qaysarligingni juda yaxshi bilaman. Nasafga anchadan beri tish qayrashardi. Avval Nasaf 2017 da 2-o'rinni oldi, shunda 2018 da Nasafga birinchi marta xarajatlar kesildi. Shunda Cheran Paxtakorga ketdi. Boshqalar 2019-2020 da ketdi. Nasaf 2020 yilda yana 2-o'rinni oldi. 2021 yilda xarajatlar yana to'xtatildi. Xalq norozi bo'ldi. Lekin asosiy o'yinchilar ketib bolgan edi. Berdiev qolgan yosh bolalar bilan OFKda finalgacha bordi va O'zbekiston kubogini yutdi. Diyor balkim yordam qilgandir, bizga u qorong'u, yordam bergan bo'lsa Alloh unga ajrini bersin, lekin u katta kitlar oldida hech kimmas edi. Nasafni hujjati nimaga topshirilmaganini bilmaymiz, bunga Nasaf sport direktori va PFL javobgar edi. O'sha paytdagi sport direktori Sergey Kucherenko savolga javob bermadi. Shu sabab Nasaf OCHLdan qolib ketdi, o'rniga AGMK o'ynadi va ikkalasi joy almashdi. Mana hozir Superligadan birorta hujjat qolmaydi, o'sha payt Nasafniki nimaga "qolib ketgan", buni qachondir bilamiz. Nasaf OFK da finalga chiqib yana bir marta zo'rligini isbotladi. San Nasaf haqida umuman gapirma, odamlarni chalg'itvoryapsan. Balkim ataylab shunday qilayotgandirsan. Nasaf yutsa yo'q bo'p qolasan, har doim Berdievni yomonlaysan, g'alamisliging bizga ma'lum
Сен ифлос нималар - деб ёзиб ташдадинг. Хўп бир йилга адашгандирман. Лекин сен ифлосга ўҳшаб ёлғон яшиқ гапларни ёзганим йўқ. Сендақалар қачон бўлса буқаламунга ўҳшаб тусингни ўзгартиртириб жириллашни бошлайсан. Гап тополмай эди сўкинишга ўтдингми ифлос!
-1   
26 sen 18:35:44

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика