So’nggi yangiliklar

08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  1 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  9 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  2 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  167 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3

Eshitdik-da! Zabihillo O'rinboev Yaponiyadagi ikkinchi o'zbek futbolchisiga aylanishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da! Zabihillo O'rinboev Yaponiyadagi ikkinchi o'zbek futbolchisiga aylanishi mumkin

SHu kunlarda Xitoydagi Osiyo chempionatida (U-23) to'p surayotgan yosh hujumchimiz Zabihillo O'rinboevni Yaponiyaning “Vi-Varen Nagasaki” klubi selekcionerlari diqqat bilan kuzatishmoqda.

2017 yil yakunlariga ko'ra, J2-ligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib, yangi mavsumda “Kun chiqar yurtning” oliy divizionida qatnashish huquqiga ega bo'lgan klub O'rinboevga yaqinda Tailandda o'tgan xalqaro turnirdan so'ng qiziqib qolgan edi. Ushbu turnirda eng yaxshi to'purar bo'lganligi va, ayniqsa, final uchrashuvida yaponlar darvozasini ikki marta ishg'ol qilganligi futbolchimizga “Nagasaki” tomonidan qiziqish paydo bo'lishiga asosiy sabab bo'lgandi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari endi Osiyo chempionatining chorak final bellashuvida yana to'qnash kelishadi. Demak, “Nagasaki” klubi murabbiylari 19 yanvar kuni o'tadigan chorak finalni endi bundan-da katta qiziqish bilan kuzatishadi.

Agar barchasi ijobiy intiho topsa, O'rinboev yaqin orada Yaponiyadagi, o'tgan yilni J1-liganing “Jubilo Ivata” jamoasi safida o'tkazgan Fozil Musaevdan so'ng, ikkinchi o'zbek futbolchisiga aylanishi mumkin.


Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика