Rasman: Zabihillo O'rinboev "Navbahor"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025, 21:07
Tajribali hujumchi Zabihillo O'rinboev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Mazkur futbolchi 1995 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida “Bunyodkor” (Toshkent, 2013-2016 yillar), “Olmaliq” (Olmaliq, 2017 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi, 2019 yil), “Navbahor” (Namangan, 2020-2021 yillar) va “Metallurg” (Bekobod, 2018, 2022-2024 yillar) jamoalarida to'p tepgan.

Zabihillo O'rinboev O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagan, 2018 yildan milliy terma jamoamizga nomzod. 

U O'zbekiston chempionligi hamda O'zbekiston  kubogi (2013 yil) va superkubogini (2014 yil) qo'lga kiritgan, O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 2018 yili Osiyo chempioni bo'lgan. 

Zabihillo O'rinboev 3 yillik tanaffusdan so'ng "Navbahor" jamoasiga qaytdi.

O'rinboev bunga qadar ikki mavsum mobaynida "Navbahor" tarkibida harakat qilgan va 51 o'yinda qatnashib, 5 gol va 2 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати