"Neftchi" futbolchisi chorak finalda o'ynamaydi

16 okt 2026, 20:42
Ayni damda Qo'qonda Vodiy derbisi o'tkazilmoqda.

Superliganing 24-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” - “Neftchi” uchrashuvi 61-daqiqasida farg'onaliklar himoyachisi Nurmuhammad Abdug'aniev raqibini so'nggi umid foli sifatida to'xtatib qoldi.

Bu esa qizil kartochkaga sabab bo'ldi. Shu orqali Nurmuhammad Abdug'aniev O'zbekiston Kubogi chorak finalida “Lokomotiv”ga qarshi uy o'yinida ishtirok eta olmaydi.

Ushbu bahs 20 oktyabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia