Karpin: "O'zbekistonda umuman boshqa darajadagi futbolchilar paydo bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 23:44
Rosiya terma jamoasi a'zosi Valeriy Karpin O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Fabio Kannavaro Rossiya terma jamoasini "agressiv va ixcham jamoa" deb tarifladi. Tayyorgarlik jarayonida O'zbekistonning qaysi kuchli jihatlarini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Raqibni ertaga qanday bartaraf etishni rejalashtirayotganimizga kelsak, avval maydonda ko'rib, his qilib, o'rganib olish kerak bo'ladi. 2022 yildagidan farqi bor, albatta. Menimcha, bu eng avvalo ancha intizomli jamoa, shunday desam adashmagan bo'laman. Qolaversa, umuman boshqa darajadagi futbolchilar paydo bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia