So’nggi yangiliklar

18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  7 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  3 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1

Dilshod Nuraliev: "Lokomotiv"dagi futbolchilarning 90 foizini haydab yuborish kerak" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Lokomotiv"dagi futbolchilarning 90 foizini haydab yuborish kerak"

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" (0:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yinni, jamoaning ahvolini ko'rdinglar. Futbolchilar jismoniy jihatdan umuman tayyor emas. Men jamoani bitta yoki ikkita mashg'ulotdan keyin o'zgartirib yuboradigan sehrgar emasman. Futbolchilarning 90 foizini haydab yuborish kerak. O'yin haqida nima ham derdim, "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Tarkibidagi futbolchilari yosh, harakatchan. Ularni to'xtatishga ulgura olmayapmiz.

Men vaqtinchalik murabbiyiman. Bu jamoani men tuzmaganman. Futbol o'yinchoq narsa emas. Ikki uch kunda biron narsa qilib bo'lmaydi. Men shuncha yil ishlagan bo'lsam bunaqa jamoa bo'lmagan. Bunday jamoa bo'lganida futbolchilarimni bo'g'ib o'ldirib qo'ygan bo'lardim.

Qo'limdan kelganicha ishladim. Tajribali futbolchilar yugurmagandan keyin ularni yugurtira olmayman. O'yinchilarni nomiga qarash kerak emas, ularga ikki ham qo'yib bo'lmaydi.

Moliyaviy muammolar ham tasir qilayotgan bo'lishi ham mumkin. Jamoani qabul qilib olganimdan keyin ikkita mashg'ulot o'tkazdim. Maoshlar berilmayotgani haqida menda malumot yo'q",- deydi Dilshod Nuraliev.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика