So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Coca Cola Superligasi. "Olimpik" 10 kishi bo'lib qolgan "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Olimpik" 10 kishi bo'lib qolgan "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi

Teglar :  BunyodkorOlimpik
Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Coca Cola Superligasi. 19-tur
OLIMPIK — BUNYODKOR - 1:1
15 sentyabr 2022 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 19:30
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Lochin Dolimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Aziza Tatlimuratova

Gol: Hamraliev (89) - Narx (45+2)


"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsadiov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Ruslan Jiyanov, 10. Farrux Muxtorov (9. Temur Mamasidiqov), 11. Otabek Jo'raqo'ziev (22.Po'latxo'ja Xoldorxonov), 19. Doston Tursunov, 23. Abdurauf Bo'riev, 37. Alisher Odilov (8. Mironshoh Sattorov), 44. SHahzod Toirov, Muhammadaziz Ibrohimov (99. Muhammadali G'iyosov).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Behzod SHamsiev, 17. Jalollidin Sodiqov, 28. Sunnatulloh Hamidjonov, 47.Nodirbek Abdixoliqov.

"Bunyodkor": 32. Suhrob Sultonov, 3.Mahmudjon Mahamadjonov (88.Jahongir O'rozov), 4. Davronjon Ergashev, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 8. Francis Narx (40.Sudaysi Jo'raboevG', 10. Rasul Yo'ldoshev (25. Muhammadsafo Fozilov), 22. Usmonali Ismonaliev (11. Dmitrie Pobulich), 29. Muzaffar Olimjonov, 34. Suhrob Izzatov, 99. Umid Sultonov (33.Umarali Rahmonaliev).
Zaxira: 91. Zafar Safaev, 15. Jasur Hakimov, 19. Bilol Tupliev, 37. Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirish: S. Mirsaidov (22), A. Bo'riev (28), Toirov (90+5) - S. Izzatov (35), J. Yoqubov (87), SH.Toirov (90+5), D.Ergashev (90+6).

CHetlatish: Izzatov (48).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+8. O'YIN TUGADI! "Olimpik" - "Bunyodkor" 1:1

90+6. Davronjon Ergashev ogohlantirildi

90+5. SHahzod Toirov ogohlantirildi.

90+3. G'iyosov "Bunyodkor" darvozasiga 2-golni urgandi. Hakamlar o'yindan tashqari holat qayd etishdi. 

90+2. Alisher Odilov o'rniga Mironshoh Sattorov maydonga chiqdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Gooooool! Muhammadqodir Hamraliev qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.

88. Davron Ergashev maydonga yiqildi. "Bunyodkor" sardoriga shifokorlar yordami kerakmasligi aytildi.

87. Uchrashuv vaqtini suniy ravishda cho'zgan Jasur Yoqubov ogohlantirildi.

86. Muhammadali G'iyosovning kuchli zarbasini Suhrob Sultonov qiyinchilik bilan qaytardi. 

85. Ux! "Bunyodkor" futbolchilari ajoyib qarshi hujumdan foydalana olishmadi. Umarali Rahmonaliev yakuniy zarbani yo'llashda adashdi.

83. Muzaffar Olimjonov shifokorlar yordamidan foydalanmoqda.

81. G'iyosovning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

80. Po'latxo'ja Xoldorxonovning zarbasini "Bunyodkor" himoyachilari bartaraf qildi.

77. "Bunyodkor"da o'zgarishlar. Narx, Mahamadjonov hamda Ismonaliev o'rniga Pobulich, Sudaysi Jo'raboev va Jahongir O'rozov maydonga tushdi. 

76. Mezbonlarda qulay imkoniyat paydo bo'lgandi. Odilov to'pga ulgarmadi.

75. Ikkala jamoa futbolchilari o'rtasida kichik to'qnashuv yuzaga keldi.

71. Mezbonlar safida o'zgarishlar. Jo'raqo'ziev va Ibrohimov o'yindan olindi. Maydonga Muhammadali G'iyosov bilan Po'latxo'ja Xoldorxonov tushirildi.

70. Usmonali Ismonaliev etkazib bergan to'pni Fozilov darvozaga yo'lladi. "Olimpik" posboni qiyinchilik bilan zarbani bartaraf qildi.

68. Olimjonovning uzatmasiga "Bunyodkor" futbolchilari ulgurishmadi.

67. O'lmasaliev maydon markaziga yaqin nuqtada Mirsaidovni yiqitdi.

66. Doston Tursunov "Bunyodkor" darvozasi oldida yiqildi. To'xtasinov penalti belgilash uchun asos yo'qligini ko'rsatdi.

65. Mirsaidovning jarima maydoniga uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi.

63. To'p jarima maydoni ichidagi Mamasidiqovga etkazilgan edi. Timur to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

61. Rasul Yo'ldoshev o'rniga Muhammadsafo Fozilov maydonga tushdi.

56. "Olimpik"da o'zgarish. Muxtorov o'rniga Mamasidiqov qo'shildi.

54. Mezbonlar yana bir standartdan naf chiqara olishmadi.

51. "Bunyodkor"da o'zgarish. Umid Sultonov o'rniga Umarali Rahmonaliev maydonga tushdi.

49. Mezbonlar hujumda. Burchak zarbasi ishlab olindi.

48. Mana, burilish — keskin burilish. Jiyanovga nisbatan qo'pol o'ynagan Suhrob Izzatovga 2-sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlashtirildi.

46. Ikkinchi taymga start berildi. To'pni "Olimpik" futbolchilari o'yinga kiritishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limiga yakun yasaldi. Tanaffus!

45+2. Goooool! Francis Narx 11 metrli nuqtadan adashmadi, 0:1.

45+1. Umid Sultonov shifokorlar yordamidan foydalanyapti...

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ana xolos! Taym davomida ustunlik qilgan "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgilanmoqda. Jarima maydoni ichida Sultonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

43. "Bunyodkor" shu qadar bo'sh o'ynayaptiki, markaziy himoyada o'ynayotgan Hamraliev o'ng qanot vinsheri o'rnida yuribdi.

42. Jarimani Ruslan ijro etdi. To'p jonli devorga tegib qoldi.

41. "Bunyodkor" darvozasi tomon qulay nuqtadan standart belgilandi.

40. Ustunlik to'laligicha mezbonlar qo'lida.

39. Mirsaidov havodan kelayotgan to'pni ustalik bilan to'xtatganiga ishqibozlar qarsak chalib yuborishdi.

38. Ismonaliev o'ng qanotdan oldinga o'tgandi. Raqib himoyachilari yaxshi o'ynashdi.

37. Muxtorovning jarima dan yo'llagan zarbasi to'sinning yonidan o'tib ketdi.

36. Maydonda yotgan Otabekka shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.

35. To'xtasinov Suhrob Izzatovni ogohlantirdi.

34. Izzatov Jo'raqo'zievni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

33. Jiyanovning uzatmasidan keyin Suhrob Sultonov to'p yo'nalishini qiyinchilik bilan o'zgartirdi.

32. To'xtasinov Jasur Yoqubovdan xotirjam bo'lishni so'rayapti.

31. Ayni paytga kelib, Usmonaliev o'ng qanotga o'tib olgan. Francis markaziy hujumchiga aylandi.

30. "Olimpik" darvozasi tomon reyd uyushtirgan Narx yakuniy zarbani berishda adashdi.

29. Jo'raqo'zievning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

28. Narxga nisbatan qoidani buzgan Bo'riev ogohlantirildi.

27. Himoyada ish yo'qligidan oldinga o'tgan Muhammadqodir Hamraliev yiqitildi.

25. Bugun Temur Kapadze "Olimpik" sardori Behzod SHamsievni zaxirada qoldirishga qaror qilgan. Hozircha uning yo'qligi sezilmayapti. 

23. "Bunyodkor"ning yana bir hujumi zarbagacha etib bormadi.

22. Temur To'xtasinov hamkasblari bilan maslahatlashganidan keyin Saidazamatni ogohlantirdi.

21. Xorazmlik futbolchiga shifokorlar yordami ko'rsatilmoqda. 

20. Mirsaidov Sultonovning yuziga urib yubordi. Umid erga yiqildi. 

19. Muxtorov Mahamadjonovga nisbatan qo'pol o'ynadi. To'p mehmonlarda qolgani tufayli To'xtasinov o'yinni davom ettirishga ruhsat berdi.

18. Katta tezlikda oldinga o'tgan Sultonov o'ng qanotdagi Narxni to'p bilan taminladi. Fransisning chap oyoqdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

17. To'p nazorati to'laligicha olimpiyachilar tomonga o'tib ketdi.

16. CHap qanotdagi Odilov markazga tashlangandi. Jasur Yoqubov Alisherni zararsizlantirdi.

15. Izzatov Umid Sultonovni oldinga boshladi. Xorazmlik futbolchi to'pni Mahmudga qaytardi. SHu bilan hujum keskinligi pasaydi.

14. To'p "Bunyodkor" jarima maydoniga uzatilgandi. Mirsaidov ulgurmadi.

13. Saidazamatning zarbasini Sultonov ushlab oldi.

12. Farruh Muxtorovning faolligi evaziga "Olimpik" navbatdagi bor burchak to'pi ishlab oldi.

11. Usmonali Ismonalievni oldinga boshlashni o'ylagan Mahamadjonov uzatmada adashdi.

10. Saidazamat Mirsaidov to'pni jarima maydoni markaziga oshirgandi. "Olimpik" forvardi hujumda qoidani buzdi.

9. Mezbonlarda ketma-ket autlar seriyasi...

8. O'yin ancha maydon markaziga ko'chdi. 

7. "Bunyodkor" o'ng qanotdan oldinga o'tgandi. Umid Sultonov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

5. Mehmonlar oldinga o'tishgandi. Abdunabiev darvozasini tashlab chiqib, to'pni uzoqlashtirdi.

4. Mahamadjonov va Mirsaidov o'rtasida kichik to'qnashuv yuzaga keldi. "Olimpik" himoyachisi erda yotibdi...

3. Jo'raqo'zievning zarbasi "Bunyodkor" himoyachilariga rikoshet hosil qilib qilib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi...

2. Olimpiyachilar oldinga o'tishgandi. Mahmud Mahamadjonov to'pni uzoqlashtirib yubordi.

1. Uchrashuv start oldi! To'pni "qaldirg'och"lar o'yinga kiritib berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishyapti. Bugun turnir jadvalida yonma-yon borayotgan klublar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика