Coca Cola Superliga. Bugun Namanganda "lochinlar" "ajdarlar"ga qarshi, "So'g'diyona" Navoiyda mehmon

Narzulla Saydullayev
19 mar 2021, 07:30
Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Namanganda "Navbahor" klubi Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. O'tgan turda safarda g'alabaga erishgan "lochinlar" ikkita turda ham g'alaba qozona olmagan "ajdarlar"ni mehmon qilishadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi hamda VAR tizimi qo'llaniladi.

Navoiyda esa bu mavsum hozircha o'z darvozasidan gol o'tkazmagan klublar "Qizilqum" va "So'g'diyona" o'zaro kuch sinashishadi. Bu o'yin ham soat 18:30da start oladi.



Coca Cola Superliga, 3-tur

NAVBAHOR – NASAF
19 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynulin, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: Shoxruz Xodjaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev




QIZILQUM – SO'G'DIYONA
19 mart 2021 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar
: Shavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Sardor Ismatullaev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Sherzod Rajabov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia