CHalxanogluning yangi klubi malum bo'ldi
21 iyu 2021 17:16
Yangiliklar
CHalxanogluning yangi klubi malum bo'ldi
"Milan" bilan shartnomasi shu oyning so'nggida yakunlanadigan turkiyalik yarim himoyachi Xakan CHalxanoglu klub bilan shartnomani uzaytarishni rad etdi.
Bu haqda jurnalistlar Fabricio Romano va Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Xakan ertaga "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va "neradzurrilar" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
"Milan" CHalxanogluga 1,5 mln evro oshirilgan maosh taklif qildi - 2,5 mlndan 4 mlngacha. "Inter" esa unga bir mavsum uchun 5 million to'laydi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Milan"ga 2017 yilda "Bayer"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. U "rossonerilar" tarkibida 167ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 37ta assist qayd etdi.
Fikrlar