So’nggi yangiliklar

19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  18 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  7

Samarqandda sinmaydigan anana, engilmas Abramov "armiyasi" va ucha olmayotgan "qaldirg'ochlar" - “Dinamo” va “Bunyodkor” to'qnashuvidan oldin Yangiliklar

Samarqandda sinmaydigan anana, engilmas Abramov "armiyasi" va ucha olmayotgan "qaldirg'ochlar" - “Dinamo” va “Bunyodkor” to'qnashuvidan oldin

Teglar :  DinamoBunyodkor
Superliganing 13-turida Samarqandda katta to'qnashuv kutilayapti.

"Dinamo" va "Bunyodkor" — o'ziga hos ananalariga ega, ikki maqsad, ikki turli ruhiyatdagilar to'qnashuvidir. Bu uchrashuvda nafaqat uch ochko, balki ustunlik ananalari, turnir kurashidagi poziciya va muxlislar ishonchi uchun ham kurash bo'ladi. Samarqandda "qaldirg'ochlar" hech qachon engilmagan, ammo bu gal ularga mag'lubiyat bilmas "Dinamo" va tajribali Vadim Abramov to'siq bo'lib turibdi.

Bu to'qnashuvda "Dinamo" chempionlik uchun yanada jiddiy davogarga aylanishi, "Bunyodkor" esa qulayotgan kayfiyatni to'xtatib, qayta ko'tarilishga intilishi mumkin. Quyida ushbu bahs oldidan jamoalar holati, tarixiy raqamlar va turnir jadvali intrigasi haqida batafsil.

Samarqandda sinovdan o'tgan "Bunyodkor" ananasi

"Bunyodkor" jamoasi uchun Samarqand – omadli shahar. Klub o'z tarixida "Dinamo" mehmoni bo'lgan 13 ta uchrashuvning birortasida mag'lub bo'lmagan. Ushbu bellashuvlarning 11 tasida "qaldirg'ochlar" g'alabaga erishgan, 2 o'yin esa durang bilan yakunlangan. Bu o'ziga xos anana, bugungi uchrashuv oldidan "Bunyodkor" uchun katta psixologik afzallik hisoblanadi.

Vadim Abramov jamoasi — mag'lubiyatni unutganlar safida

Samarqandning "Dinamo" klubi joriy mavsumda Superligada mag'lubiyatga uchramayotgan ikki jamoadan biri. "Nasaf"dan keyingi mag'lubiyatsiz jamoa aynan Vadim Abramov shogirdlari bo'lib turibdi. "Dinamo" oxirgi marta 2023 yilning noyabrida, 25-turda “Andijon”ga yutqazgandi. Shu paytdan buyon jamoa barqaror o'yin namoyon etmoqda.

“Bunyodkor”ning mehmondagi yurishi: uchta o'yinda mag'lubiyat yo'q

Ilgari bildirilganidek, "Bunyodkor"ning safardagi o'yinlari tahsinga sazovor. Biroq, jamoa joriy mavsumda mehmon sifatida atigi 3 ta haqiqiy safar o'yini o'tkazgan. Qolgan 2 uchrashuv “Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan va jamoa nominal mehmon sifatida ishtirok etgan.

Aniq mehmondagi natijalar quyidagicha:

  • "Sho'rtan" – "Bunyodkor" 0:2

  • "Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2

  • "Mashal" – "Bunyodkor" 1:1

Bu o'yinlarda 2 durang va 1 g'alaba qayd etildi. Jamoa safarda ham hali mag'lubiyatning tamini tatayotgani yo'q, bu esa ularning barqarorligini ko'rsatadi.

Yutug'sizlikni tugatish ilinjidagi “qaldirg'ochlar”

Shu bilan birga, "Bunyodkor" umumiy hisobda Superligada ketma-ket 5 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti. Ilyos Zeytullaev shogirdlari oxirgi marta 7-turda OKMKni mag'lub etgan edi. Keyingi bahslarda esa quyidagi natijalar qayd etilgan:

  • "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" 1:2

  • "Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2

  • "Bunyodkor" – "Navbahor" 2:3

  • "Mashal" – "Bunyodkor" 1:1

  • "Bunyodkor" – "Paxtakor" 1:1

Yuqoridagi o'yinlarda “Bunyodkor” hujumda faol harakat qilgan bo'lsa-da, himoyada barqarorlikni yo'qotgani ko'zga tashlanadi.

Murabbiylar dueli: Zeytullaev Abramovni enggan

Ilyos Zeytullaev murabbiy sifatida Vadim Abramovga qarshi bir marta maydonda raqobatlashgan va o'sha bahsda g'alaba qozongan. “Bunyodkor” o'sha o'yinda raqibni 2:3 hisobida enggandi. Bu muvaffaqiyat Zeytullaevga bugungi uchrashuvda ham ishonch bag'ishlashi mumkin.

"Dinamo" – "Bunyodkor": tarixiy natijalar ham “qaldirg'ochlar” tomonda

"Dinamo" o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi oxirgi marta 2015 yilda ochko olgan — o'shanda 25-turdagi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan. Shundan so'ng bo'lgan barcha to'qnashuvlarda “Bunyodkor” Samarqanddan g'alaba bilan qaytgan.

Superliga-2015. 25-tur.
12.10.2015. "Dinamo" – "Bunyodkor" 1:1

Gollar: Kamoliddin Murzoev (13), Dilshod Jo'raev (71)

Turnir jadvali: "Dinamo" peshqadamlik uchun kurashda, "Bunyodkor"ga g'alaba kerak
"Dinamo" uchun bugungi bahs nafaqat tarixiy ananani buzish, balki chempionlik kurashida muhim pog'onaga aylanishi mumkin. G'alaba orqali Vadim Abramov jamoasi "Nasaf" bilan farqni atigi 3 ochkoga qisqartirib oladi. Shu bilan birga, "Dinamo"ning zaxirada yana bir uchrashuvi — "Neftchi"ga qarshi qolgan. Agar o'sha uchrashuvda ham samarqandliklar g'alaba qozonishsa, ochkolar bo'yicha "Nasaf" bilan tenglashishadi.
Bu esa 15-turga qadar intrigani saqlab qoladi. Chunki 6 iyul kuni Samarqandda "Dinamo" — "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda birinchi davraning norasmiy finali bo'lishi va qaysi jamoa tanaffusga peshqadam sifatida chiqishini hal qilishi mumkin. Vadim Abramovni jiddiy sinovlar kutmoqda:

  • 14-tur (27.06.2025): "Qo'qon-1912" – "Dinamo"

  • Qoldirilgan 7-tur: "Dinamo" – "Neftchi"

  • 15-tur (06.07.2025): "Dinamo" – "Nasaf"

  • Bu o'yinlar "Dinamo"ning chempionlik ambiciyalarini belgilab beradi. Agar jamoa ushbu uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o'tkazsa, tanaffusga etakchi sifatida kirib borish imkoniyati yuqori.

"Bunyodkor" uchun bugungi o'yin jadval nuqtai nazaridan katta o'zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. Jamoa g'alaba qozonsa ham, yutqazsa ham mavqeini saqlab qoladi. Biroq bu jamoaga bosim yo'q, degani emas. Ilyos Zeytullaev shogirdlari ketma-ket g'alabasiz seriyaga barham berish va muxlislarga umid bag'ishlash uchun harakat qilishadi.

Qolgan ikki turda "Bunyodkor" quyidagi jamoalarga qarshi bahs olib boradi:

  • 14-tur (29.06.2025): "Bunyodkor" – "So'g'diyona"

  • 15-tur (05.07.2025): "Andijon" – "Bunyodkor"

"Dinamo" g'alaba orqali chempionlik intrigasini to'liq jonlantirishni istaydi. "Bunyodkor" esa so'nggi o'yinlarda yo'qotilgan ishonchni tiklash va navbatdagi bosqichga umid bilan qarashni xohlaydi. Maqsad turlicha — ammo motivaciya yuqori. Shu sababli, bu kechada nafaqat tarix, balki kelajak uchun kurash kechadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
23 iyu 18:12:15
Jamol Raxmonov
Xudo xoxlasa birinchi marta stadiondan tomosha qilaman bugun bolalarim bilan yutamiz olg'a Dinamo
+1   
23 iyu 16:55:16
leva8989
Dinamo bugunam yutqazmasa kerak
   
23 iyu 19:39:13
ABC
Темурхужа Абдухоликов халиям уйнаябдими,булди энди ёшларга йул очмийдими,уйини хам у даражада зур эмаску,нима тарафи кучли шу болани
   
23 iyu 15:30:27
Mardon Eshmonov
Абрамов ????⚽ ????????
   
23 iyu 15:26:06
Mardon Eshmonov
Динамо Олга. Самарканд Вилояти Нуробод тумани Тим Кишлоги Ашадий Футбол Мухлислари Катта экранда Катта Дастурхон олдида Динама Футбол жаммоаси Футбол жаммоасига Мухлислик киламиз.

Олга Динамо Самарканд.
2025 Чемпион булишингни жуда хохлаймиз.
Динамо ????⚽ ????????????✨
   
23 iyu 15:20:02
Бавария & Ливерпуль
In sha Alloh Dinamo bugun tarix yozadi, xuddi O‘zbekiston milliy termamiz tarix yozganidek...
   
23 iyu 14:50:13
Vidich
Dinamo ga omad. Nasib qilsa bugun chiroyli g'alabaga erishadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика